16:00 / 28.02.2021
15157
Reklama

UZTELECOM barcha aloqa xizmatlari uchun ishonchli operator

Qanchalik qiziq bo‘lmasin, ammo bizning raqamli asrimizda aloqa uchun xarajatlarni rejalashtirish juda ham mushkul. Aloqa turlari qanchalik ko‘p bo‘lsa – uy telefoni, uy interneti, mobil aloqa va mobil internet, IP-televideniye... xarajatlar ham shunchalik ko‘p. Operator-provayderlar ham bir nechta bo‘lsa-chi, nima qilish kerak? Har oyning oxiri oddiy bir kishi uchun yana bir «tashvish». Boshqa oila a'zolari haqida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas! Mobil aloqaga to‘lov qilishga ulgurmadi, uy telefonidan qarzdorlik borligi to‘g‘risida ATSdan robot qanday qilib qo‘ng‘iroqlarni amalga oshiradi. Barcha aloqa xizmatlari uchun yagona, ammo ishonchli, foydali va qulay operator haqida orzu qilasizmi? Albatta, bunaqasi bor.

Xizmatlar ko‘p, operator esa – yagona!

Darhaqiqat, maktab, universitet yoki ishga yo‘l olgan barcha oila a'zolari uydan chiqishlari bilan mobil aloqa xizmatlaridan foydalanishga o‘tishadi. Bugun biz derazadan boqmagan holda, smartfon vidjyeti yordamida qanday qilib «ob-havo»ga mos ravishda kiyinishni bilib olamiz. Yo‘l chetida qo‘l ko‘tarmasdan, ilova orqali taksi chaqiramiz. Shuningdek, avtobuslar qatnovi jadvalini ham ilova yordamida kuzatamiz. Hattoki, metro uchun to‘lovni jyeton bilan emas, kontaksiz to‘lov texnologiyalari yordamida smartfon ekranini turniketga ko‘rsatgan holda amalga oshiramiz. Buning uchun yaxshi aloqa va oddiy tariflar bo‘lishi kerak.

Ish va o‘quv kuni hammada har xil o‘tadi, ammo biz doimo aloqada bo‘lganimiz uchun barcha oila a'zolarimiz uchun xotirjammiz. Ostonadan uyga kirishimiz bilanoq, bizning smartfonlarimiz avtomat tarzda Wi-Fi nuqtasiga ulanadi. Har kun, har hafta va har oy shu tarzda davom etmoqda. O‘tgan yillardan buyon biz uni «Wi-Fi internet» deb nomlab kelmoqdamiz.

2020 yilda pandemiya munosabati bilan deyarli hamma masofaviy ishlash va o‘qish tarziga o‘tdi. Hatto ko‘rgazma, anjumanlar va konsertlarni ham onlayn tomosha qila boshladik. UZTELECOM sabab biz o‘tgan yili o‘zimizni yakkalagan holda bunday cheklov davridan munosib tarzda chiqib oldik. Hayot davom etmoqda, ammo unda «onlayn» tartib ko‘payib bormoqda.

UZTELECOM bugungi kunda arzon va qulay tariflarga ega barcha turdagi aloqa turlarini taklif qilmoqda va mobil hamda uyali aloqani, mobil va uy interneti, hatto IP-televideniye+uy kinoteatrini birlashtirgan holda o‘z xizmatlarini joriy etmoqda. Xizmatlar ko‘p – operator esa bitta.

Misol uchun, UZTELECOM mobil aloqasiga barcha oilani ulash juda ham foydali, sababi «Oila uchun» qulay xizmat mavjud. Bu xizmatda guruh ichidagi barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar bepul bo‘lgani uchun tarifga kiritilgan daqiqalar sarf etilmaydi. Bir shartnomada (oila a'zolarining raqamlari) rasmiylashtirilgan raqamlar guruh hisoblanadi. Ko‘proq suhbatlashamiz va ko‘proq mablag‘ tejaymiz. Tejaymiz va gaplashamiz.

Units bo‘yicha yashashga o‘tamiz

Doimo daqiqalar, megabaytlar yoki SMSlar kuyib ketishi juda ham achinarli. Qanday qilib avvaldan hisoblash mumkin – qancha daqiqa suhbatlashamizu, Internetdan qancha foydalanamiz? Gaplashmadim, ammo daqiqalar kuyib ketdi, qancha SMSlar ham «havoga uchsa», yana qo‘shimcha internet to‘plam uchun to‘lov qilinsa?! Juda ham achinarli.

UZTELECOM birinchilardan bo‘lib mamlakat bozorida yagona bo‘lgan Units tariflar seriyasini taqdim etadi. Unit uchun to‘lov to‘lab, daqiqalar, megabayt va SMSlar sarf etasizmi, bunisi muhim emas. Ko‘proq gaplashish kerak bo‘lsa, bemalol suhbat quravering, megabaytlar kerakmi, unda xohlaganingizcha onlayn bo‘ling. Hech nima bekorga ketmaydi va kuymaydi ham. Shuningdek, agar Units muddatidan oldin tugagan bo‘lsa, «Restart» xizmati bilan har doim qo‘shimcha hajmlarini sotib olish va odatdagi tariflarning oylik cheklovlari haqida o‘ylamagan holda suhbatlashishingiz, internetdan foydalanishingiz va SMSlar yuborishingiz mumkin.

UZTELECOM abonentlari «integratsiya» so‘zining ma'nosini birinchilardan bo‘lib baholashdi

UZTELECOM bugungi kunda UNLIM seriyasidagi arzon, tezkor va cheksiz tariflarni taklif etadi. Endilikda ushbu birlashtirilgan tariflar o‘zida uy telefonini (IP-telefoniya) ham mujassam etmoqda. Bu juda ham qulay!

Telefon va uy interneti uchun alohida pul to‘lashga hojat yo‘q. Ushbu seriyadagi aksariyat tarif rejalari uy telefoni orqali butun O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz suhbatlashish imkonini beradi. Biz qanchalik mobil aloqani xush ko‘rmaylik, lekin raqamli uy telefoni orqali suhbat qurish sifati doimo yuqori bo‘lgan.

UZTELECOM abonentlari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish uchun uy Internet va mobil aloqa xizmatlarini boshqarish, operatorning deyarli barcha xizmatlarini bitta ilova orqali to‘lash oson bo‘lgan MyUZTELECOM mobil ilovasidan foydalanishni taklif qiladi. Bundan tashqari, MyUZTELECOM ilova foydalanuvchilariga UZTELECOM megabayt ko‘rinishidagi bonuslarni ham tuhfa etadi. Bularning bari ayni haqiqat.

Bugungi kunda ko‘plab «yuksalish» onlayn kurslari muvaffaqiyatga erishish uchun «qulaylik hududi»dan tashqariga chiqishni taklif etadi. UZTELECOM esa qulaylik hududidan chiqamagan holda birgina operatorning barcha xizmatlaridan yuqori qulaylikda foydalanishni taklif qilmoqda.

UZTELECOM – milliy operator.

Sayt: uztelecom.uz/uz

Yagona call-markaz: 1099

Facebook: fb.com/uztelecom

Texnik qo‘llab-quvvatlash: fb.com/groups/tshtt.uz

Instagram: @uztelecomuz

Telegram: t.me/uztelecomuz

Reklama huquqi asosida

Top