19:20 / 01.03.2021
10787
2020 yilda dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan avtomobillar reytingi e'lon qilindi

2020 yilning eng xaridorgir avtomobillari ro‘yxatidan Yaponiyada ishlab chiqarilgan sedan va krossoverlar o‘rin oldi.

Toyota Corolla

Yapon mashinalari jahon avtomobil bozorini zabt etdi. Bu haqda Focus2Move avtoportali yozmoqda.

2020 yilda eng ko‘p sotilgan avtomobillar reytingida birinchi o‘rinni Toyota Corolla sedani egalladi. Ro‘yxatdagi qolgan dastlabki to‘rt o‘rin ham yapon avtomobillariga tegishli.

Statistikaga ko‘ra, o‘tgan yili 1 097 556 dona Toyota Corolla sotilgan. Ikkinchi o‘ringa Toyota RAV4 krossoveri joylashdi. 2020 yilda 995762 dona ushbu rusumdagi avtomobil sotilgan.

Honda CR-V uchinchi o‘rindan joy oldi. O‘tgan yili 736980 dona Honda CR-V sotilgan. To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda Honda Civic va Toyota Camry avtomobillari joylashdi. Ushbu rusumdagi avtomobillar mos ravishda 687704 va 609303 donadan sotilgan.

O‘tgan yili eng ko‘p sotilgan avtomobillar o‘ntaligiga shuningdek, Volkswagen kompaniyasining ikkita rusumdagi avtomobili kirgan.

Top