20:00 / 01.03.2021
6465

Beeline Uzbekistan'ning Farg‘ona viloyatidagi yangi formatdagi tarmog‘i!

Mobil internetdan foydalanuvchi abonentlar uchun internet tezligini oshirish – Beeline Uzbekistan faoliyatidagi asosiy vazifalardan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Shu maqsadda kompaniya taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish uchun intensiv qurilish va tarmoqni modernizatsiyalash ustida doimiy ravishda ishlamoqda. 2020 yilda, mamlakatda joriy etilgan karantin choralari bilan bog‘liq cheklovlarga qaramay, yangi aloqa obektlarini qurish hajmi 2019 yil natijalaridan oshdi. Albatta, karantin choralarining joriy etilishi bu yo‘nalishdagi ishlarga ma'lum darajada ta'sir ko‘rsatdi, ammo uni to‘xtatib qo‘ymadi. Shunday qilib, 2020 yil boshidan to hozirgi kungacha kompaniya 2600 dan ortiq turli xil texnologik bazaviy stansiyalarini ishga tushirdi va xizmatlarning yuqori sifatini saqlab qoldi. Shu qatorda, o‘tgan yil davomida 4G tarmog‘idagi trafik ikki baravarga oshdi. Bu davr mobaynida abonentlar tomonidan mobil Internetdan foydalanishning faol o‘sishi kuzatildi.

Innovator bo‘lib eng yangi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash va tarqatishda Beeline Uzbekistan 2021 yilni samarali boshladi. Kompaniya respublikamizning aholisi eng zich joylashgan mintaqasi – Farg‘ona vodiysida 4G tarmog‘ini keng ko‘lamda modernizatsiya qildi!

Texnik mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu yerda 2021 yil fevral oyi oxirida 4G TDD texnologiyasidan foydalangan holda 180 dan ortiq bazaviy stansiyalari ishga tushirildi. Mavjud 4G bazaviy stansiyalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar olib borildi. Bu esa to‘rtinchi avlod ma'lumot uzatish tarmog‘ining imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirdi.

Amalda bu shuni anglatadiki, Beeline Uzbekistan'dan 4G data-xizmati sifati Farg‘ona, Qo‘qon, Andijon, Namangan va bir qator viloyat markazlarida (mobil internet tezligi, resurslarga tezkor kirish va hk.) sezilarli darajada oshdi va og‘ir kontentni yuklab olish uchun endi atigi soniyalar kerak bo‘ladi.

«Biz o‘z xizmatlarimizni doimiy ravishda rivojlantirmoqdamiz va yangi avlod tarmoqlari infratuzilmasini faol ravishda qurmoqdamiz, xozirgi kunda abonentlarimiz raqamli olamning barcha imkoniyatlaridan tez va sifatli foydalanishi mumkin. Farg‘ona vodiysida yangi 4G bazaviy stansiyalarining ishga tushirilishi o‘z vaqtida qilingan qadam bo‘ldi. Hozirgi kunda Farg‘ona viloyatida kuzatilayotgan trafik hajmining o‘sishi, ma'lumotlar uzatishga bo‘lgan talab doimiy ravishda oshib borayotgani haqida so‘zlaydi. Shuning uchun biz yangi infratuzilmaning rivojlantirish sur'atlari trafik o‘sishidan ustun bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayapmiz», - deydi «Unitel» MChJ texnik direktori Yevgeniy Klyuchev.

Beeline uchun tarmoqni faol va muntazam ravishda modernizatsiya qilish va qurish ustuvor vazifa hisoblanadi, chunki telekommunikatsiya sohasida hatto eng ishonchli uskunalar ham vaqti-soati bilan almashtirilishni talab qiladi. Ular nafaqat jismoniy, balki ma'naviy jihatdan ham eskiradi. Farg‘ona viloyatining shaharlari va qishloqlarida birinchilardan bo‘lib 4G Advanced Pro texnologiyasiga (MIMO4x4 texnologiyasi va tashuvchilarni agregatsiya qilish) asoslangan eng yangi uskunalar o‘rnatildi. Ixtisoslashgan mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu shubhasiz abonentlarning manfaatlari uchun tarmoq va aloqa xizmatlarining barcha sifat parametrlarini yaxshilaydi!

Bugungi kunda har birimiz 4G-Advanced tarmog‘ida mobil internetni sinab ko‘rishimiz mumkin. Buning uchun kerak bo‘ladigan narsa – 4G band 41 qo‘llab-quvvatlaydigan smartfon, planshet yoki router!


«Unitel» MChJ 2006 yil 12 sentyabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan – bosh qarorgohi Amsterdamda (Gollandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON – bu 9 ta mamlakatda 212 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini yetkazib beruvchi kompaniya. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida ro‘yxatga olingan.

Beeline Uzbekistan'da 1,7 mingdan ortiq xodim faoliyat yuritadi. 2006 yildan boshlab, O‘zbekiston bozoriga kirganidan beri, VEON mamlakat telekommunikatsiya sanoatiga 1,2 milliard dollardan ortiq mablag‘ kiritdi.

Beeline savdo belgisi O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,8 milliard dollardan ortiq miqdorda soliq to‘lagan.

Sayt: beeline.uz 

Facebook: fb.com/beeline.uz 

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/uzbeelineuzb

Twitter: twitter.com/beeline_uz

Reklama huquqi asosida

Top