19:36 / 01.03.2021
669
BMT taraqqiyot dasturi: Ayollar rahbarlik qilayotgan korxonalarni rag‘batlantirish – tiklanish poydevori

Jahonning aksariyat mamlakatlari singari, Covid-19 pandemiyasi O‘zbekiston fuqarolariga, ayniqsa, ayollar va daromadlari hamda tirikchilik manbalari xavf ostida qolgan aholining boshqa zaif qatlamlariga jiddiy iqtisodiy bosim o‘tkazgani sir emas.

2020 yil boshidan buyon ishsizlikning milliy darajasi 9,1 foizdan 13,2 foizgacha ko‘tarildi, bunda eng yuqori daraja ayollar orasida (17,4 foiz) va yoshlar orasida (20,1 foiz) kuzatildi va bunday holat butun dunyoga xos.

Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida istiqomat qiluvchi Gulnora Boboyeva kabi ayollarni karantin choralari zo‘rg‘a kun kechirishga majbur qildi. Uning o‘zi qisqacha ta'rif berganidek, «oylik maosh yetmas edi».

Tumandagi ko‘pgina ayollar kabi Gulnora BMT Taraqqiyot dasturi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi yordamida, shuningdek, Kanadaning mahalliy tashabbuslar jamg‘armasining moliyaviy ko‘magi hisobiga yangi korxona ochib, ushbu vaziyatdan chiqish uchun qat'iy bel bog‘ladi.

Rejalashtirilgan korxona – go‘zallik salonini tashkil qilish uchun zaruriy ko‘nikmalar unda bor edi, lekin asbob-uskunalar va mablag‘lar mavjud emas edi, ularni esa BMT TD va Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi taqdim etishi mumkin edi. U mijozlarni jalb qilish uchun zarur bo‘lgan barcha vositalarni oldi, shu jumladan, soch oldirish va yuvish uchun kursilar, ko‘zguli stollar, qo‘l va oyoq tirnoqlarini olish uchun tagliklar, shuningdek, kerakli barcha kasbiy asboblar.

Gulnora Boboyeva ham, o‘z navbatida, olingan tajribasi bilan ulasha boshladi, u o‘z korxonasini boshqa ayollarni o‘qitish uchun manzilga aylantirdi, bu ayollar keyinchalik o‘z korxonalarini ochishi mumkin bo‘ladi. Salon pandemiya davrida ishsiz qolgan yana uch nafar malakali usta sartaroshlarni ishga oldi va ular ham boshqa xodimlarni shogirdlikka olib, kasbga o‘rgatishdi.

«Ushbu malakali ayollar sartaroshlari doimiy ishga ega bo‘lishdi va endilikda yana ikki nafar shogirdni o‘qitishmoqda, mazkur shogirdlar ham kelajakda mehnat faoliyatini yuritib, doimiy daromadga ega bo‘lishadi», deydi Gulnora Boboyeva.

U o‘z saloni pandemiyadan so‘ng paydo bo‘ladigan talabdan foydalanish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lgani sababli yaxshi kunlar yaqin orada kelishiga umid qiladi.

«Avvallari ayollarimiz bu yerdan 15 chaqirim uzoqlikda joylashgan shaharga borishlariga to‘g‘ri kelardi. Bundan tashqari, shaharda narxlar qimmatroq, yangi salonimizda esa biz barcha istovchilar uchun arzon narxlarni belgiladik. Endi ayollar uzoq masofaga borishga va har safar qimmat narx to‘lashga majbur emaslar», deydi u.

Tadbirkorlik uchun asos yaratish

«Sirdaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi aholining himoyaga muhtoj guruhlari uchun ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni yumshatish orqali Covid-19 pandemiyasiga shoshilinch javob berishni qo‘llab-quvvatlash» tashabbusi aholi orasida o‘z-o‘zini band qilish uchun barqaror imkoniyatlarni yaratishda Gulnora kabi ayollarga ko‘mak berish maqsadida ishlab chiqildi. Tashabbus ayollarga o‘z korxonasini ochishni qiyinlashtiruvchi va karantin sharoitlari sababli yanada kuchaygan qator cheklovlarni bartaraf etishga qaratilgandir.

«O‘zbekistonning qishloq hududlarida yashovchi va o‘z shaxsiy korxonalarini yaratmoqchi bo‘lgan ayollar dunyodagi barcha an'anaviy, jamoatlar uchun umumiy bo‘lgan muammolar bilan to‘qnashmoqdalar, mazkur jamoatlarda ayollar faqat uy bekasi vazifasini bajarishi lozim bo‘lib qolgan. Bular qatoriga moliyaviy mablag‘larning, hamkasblar va ustozlar tomonidan qo‘llab-quvvatlash va maslahatlar va vaqt yetishmasligi kiradi», deydi ushbu tashabbusga rahbarlik qiluvchi BMT TD loyihasi menejyeri Dilfuza Abulhasan.

BMT TD O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikda ushbu va boshqa tashabbuslar bo‘yicha ish olib bormoqda, ular pandemiya keltirib chiqargan ko‘pgina muammolarning uzoq muddatli yechimlarini topishga qaratilgandir. Yondashuvlardan biri jamoatlar va uy xo‘jaliklarining elektr quvvati va toza ichimlik suvidan foydalanishi uchun ishonchli imkoniyatni ta'minlash uchun zarur bo‘lgan o‘ta muhim infratuzilmani yaratishni nazarda tutadi. Shuningdek, kanadalik hamkorlar bilan butun pandemiya davomida o‘ta muhim bo‘lgan samarali dezinfeksiya vositalarini tarqatish bo‘yicha ish olib borildi.

BMT TD, shuningdek, maqsad jamoatlarida bandlikni oshirishga yordam berishi mumkin bo‘lgan korxonalar uchun kerakli moddiy vositalarni xarid qildi va taqsimlab berdi. Tashkilot turli sohalarda, jumladan, tikuvchilik, kiyim-kechak ishlab chiqarish, sartaroshlik va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi korxonalarga ham o‘quv markazlarida, ham korxonalarda foydalanish uchun mebel jihozlari va uskunalarini taqdim etdi.

Ushbu tashabbus tufayli 60 nafar ayollar kiyim-kechak bezagi bo‘yicha, 170 nafari esa tikuvchilik, pazandalik va boshqa hunarlar bo‘yicha o‘qitildi. Sirdaryo viloyatida sharoit qulay bo‘lganda foydalanish uchun kasbiy tayyorgarlik markazi qurilishini yakunlash rejalashtirilmoqda. Viloyatdagi tijoriy tizimning ko‘pgina joylari ish uchun zarur bo‘lgan resurslar bilan ta'minlandi, jumladan, elektr quvvati, suv va boshqa asosiy kommunal xizmatlar bilan.

Jamoatlarga (va korxonalarga) qayta oyoqqa turish uchun yordam

BMT TDning ishi va Kanadaning mahalliy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining moliyaviy ko‘magi natijasida Sirdaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 100 nafar ayollar o‘z ishlarini ochishga muvaffaq bo‘ldi, ko‘pgina ayollar esa bozor ko‘nikmalariga o‘rgatiladi. Hunarmandchilikka o‘rgatish markazida o‘tgan yili tahsil olgan 60 nafar ayolga qo‘shimcha ravishda 2021 yilning avvalida yana 1500 nafar ayol rasmiy kasbiy ta'lim oladi, bu esa ularga o‘z korxonalarini yaratish va katta iqtisodiy mustaqillikni olish hamda hayot darajasi sifatini yaxshilash imkoniyatini beradi.

Bir necha tanlangan korxonalarga va ularning egalariga yordam berish butun jamiyatlarning hayot darajasini jiddiy ko‘tarishga imkon berishi mumkin.

«Covid-19, shubhasiz, salomatlikka jiddiy ta'sir ko‘rsatdi, lekin uning ijtimoiy-iqtisodiy asoratlari ham shunchalik jiddiy bo‘ldi. Bizning tashabbusimiz yangi tadbirkorlarga o‘z moliyaviy sog‘lomlashtirilishi uchun mas'uliyatni o‘z zimmalariga olishlari uchun yordam berishga qaratilgandir. Biz Gulnora kabi insonlarni ilhomlantiramiz va ularga pandemiya susaygani sari hamda O‘zbekistonda salmoqli ulushga ega bo‘lgan kichik biznes sektorining yana mustahkamlanishi davomida rivojlanib boradigan korxonalar uchun kerakli mablag‘ va vositalar beramiz», deydi Abulhasan xonim.

Top