16:53 / 01.03.2021
9345

Lennoks Lyuis Mayk Tayson bilan jang qilish uchun ringga qaytishi mumkinligini aytdi

Lyuis 2002 yilda Taysonni nokautga uchratgandi.

Lennoks Lyuis va Mayk Tayson / Foto: Getty Images

Boks bo‘yicha sobiq mutlaq jahon chempioni Lennoks Lyuis o‘zining ringga qaytishi ehtimoli to‘g‘risida gapirdi. U Mayk Tayson bilan jang o‘tkazishni muhokama qilishga tayyorligini aytdi.

"Agar omma ushbu jangni istasa, balki buni muhokama qilarmiz. Aslida hozirda meni ringga qaytishga majbur qiladigan hech narsa yo‘q. Odamlar bu jangni ko‘rishni istarmikin, buni bilmayman", - deya Lyuisning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda TMZ Spors.

Eslatib o‘tamiz, Lyuis 2002 yilda Taysonni nokautga uchratgandi.

O‘tgan yil noyabrda 54 yoshli Mayk Tayson va 4ta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Roy Jons o‘rtasida ko‘rgazmali boks jangi bo‘lib o‘tdi. Jang durang natija bilan yakunlandi.

Ma'lumot berilishicha, Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi jangning pullik translatsiyalari soni bir milliondan oshgan. Ushbu jang tashkilotchilarga 50 million dollardan ortiq daromad keltirgan.

Mavzuga oid
Top