16:00 / 01.03.2021
3175
Olmazor Business City turar joy majmuasi: mazmunli hayot uchun energiya tejamkor uylar

Bizning Uylar Development kompaniyasi energiya tejaydigan zamonaviy uy-joylar qurilishida innovatsion yondashuvlarni samarali tatbiq etmoqda.

Zamonaviy qurilish sohasidagi ustuvor jihatlardan biri energiya va resurslarni tejaydigan uylarni bunyod etishdir. Energiya tejash sohasidagi innovatsion texnologiyalar kelajakda aholining issiqlik va elektr energiyasini iste'mol xarajatlarini kamaytirishni ta'minlaydi. Energiya tejaydigan uy isitish va issiq suv xarajatlarini pasaytiradi. Shuningdek, tabiiy resurslar iste'molini kamaytirish orqali ekologiya sifati va darajasini oshishiga xizmat qiladi.

Olmazor Business City keng ko‘lamli turar joy majmuasi qurilish jarayonida energiya samaradorligini ta'minlash bo‘yicha kompleks yondashuv ishlab chiqilgan. Shu maqsadda qurilish vaqtida yuqori darajadagi shovqin va issiqlik izolyatsiyasi xususiyatlariga ega bo‘lgan bazalt tolasidan foydalaniladi. Ishonchli izolyatsiya qatlami sabab binolarida optimal harorat rejimiga erishiladi. Bu jarayon qishda ichki issiqlikni saqlab turishga xizmat qiladi, yozda esa yuqori haroratdan himoya qiladi.

Panorama oynalar – bu zamonaviy arxitekturaning urfga aylangan elementidir. U nafaqat yuqori estetik parametrlarga javob berishi kerak, balki energiyani samarali tejashni ta'minlaydi. Energiyani tejaydigan maxsus ikki qavatli oynalardan foydalanish energiya yo‘qotilishi darajasini 10% gacha kamaytirishi mumkin. Olmazor Business City turar joy majmuasi qurilishida ishlatiladigan ikki qavatli oynalar xonaga ko‘proq quyosh nuri tushish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, issiq harorat uzoq vaqt xonani tark etmaydi.

Puxta o‘ylangan isitish tizimi energiya tejamkor uyning muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Turar joy majmuasi avtonom isitish tizimi yuqori funksionallikka ega. Har bir xonadonga o‘rnatilgan isitish qozoni uskunalari va yashash maydonining butun perimetri bo‘ylab qo‘yilgan radiatorli kommunikatsiyalar xonadon ichidagi energiyani saqlab turishga xizmat qiladi.

Olmazor Business City – bu uy-joylardagi energiyani tejashda yuqori ekologik va ekspluatatsion xususiyatlarga ega ishonchli va uzoq muddatli tizimli yondashuvni tatbiq etgan turar joy majmuasi. Bunday innovatsion majmua undagi har bir xonadonda yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta'minlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik Halqa Yo‘li ko‘chasi, 5-A uy.

Mo‘ljal: Shimoliy Olmazor chorrahasi.

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunlarisiz soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +998 71 210 44 44

Instagram: @bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

Telegram: t.me/bizninguylar

Sayt: bizninguylar.uz

Reklama huquqi asosida

Top