20:00 / 02.03.2021
6467

Ko‘p tarmoqli ishlab chiqarish, qurilish va ijtimoiy loyihalar. ZARAFSHAN GOLDEN GROUP – hayotning yangi sifati

Navoiy viloyati haqida tasavvurni o‘zgartirish payti keldi. Ushbu viloyatta so‘nggi yillar katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ushbu o‘zgarishlarda Zarafshan Golden Group konsernining o‘rni alohida. Ulkan sanoat zonalari, zamonaviy uy-joylar, innovatsion issiqxonalar, to‘qimachilik fabrikalari, mehmonxona va restoranlar bularning bari 25 yil oldin 6 kishilik tarkib bilan tashkil etilgan kompaniyaning hozirgi kundagi ko‘p tarmoqli faoliyatidir.

Uning tarkibiga turli ishlab chiqarish korxonalari birlashgan. Kompaniyaning asosiy faoliyati ko‘p qavatli turar-joy binolarini qurish bo‘lib, korxona tomonidan 2020 yil o‘tgan yilga nisbatan 301 ta ko‘proq turar-joy majmuasini foydalanishga topshirgan.

Hozirda kompaniyada 2000 dan ortiq o‘zbekistonliklar mehnat qiladi, shundan 1000 nafar doimiy ishchilar bo‘lsa, 1000 dan ortiq mavsumiy va subpudrat korxonalari ishchilardir.

Quyida Zarafshan Golden Group'ning asosiy faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishamiz

Tosh maydalash zavodi Navoiy va Zarafshon shaharlarida tashkil etilgan, zavodda 100 ga yaqin ishchilar faoliyat yuritishadi. Qayta ishlangan tog‘ minerallari yiliga 140 ming metr kubni tashkil etadi.

Mahsulotlar asosan korxonaning ishlab chiqarish, qurilishga bo‘lgan ehtiyojlariga va viloyat korxonalariga yetkazilib beriladi. E'tiborga loyiq tomoni, kompaniya ishchilarining oylik maoshi o‘rtacha maosh bir yarim million bo‘lsa, eng yuqorisi 5-6 million so‘mdan iborat.

Ohak ishlab chiqarish zavodi Navoiy va Zarafshon shaharlarida tashkil etilgan, xodimlar soni 60 kishini tashkil etadi. Zarafshan Golden Group kompaniyasi O‘zbekistonda gaz tanqisligini inobatga olib, ohak toshlarni ko‘mir bilan pishirish texnologiyasini joriy qilgan. Bu texnologiyani O‘zbekistonda yagona desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Yillik quvvati 31 000 tonnani tashkil etadigan zavod, mahsulotlari asosan mahalliy bozorlarga, korxonaning qurilish obektlariga va Qozog‘iston Respublikasiga eksport qilinadi.

Gazobeton va temirbeton “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududdan ikkita yirik “Gazobeton va temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish” loyihalarini amalga oshirish uchun investitsiya majburiyatlarni bajarish shartlari bilan jami 5,5 gektar yer maydoni bino va inshootlari bilan “nol” qiymatda ajratib berilgan. Jami loyiha qiymati qariyib 12 mln AQSh dollari (4 mln AQSh dollari miqdorida jamiyat mablag‘lari) miqdoridagi ikkita yirik innovatsion loyihani amalga oshirish maqsadida Xitoy, Rossiya, Italiya, Ispaniya va Turkiya davlatlaridan zamonaviy texnologiyalar olib kelingan. Ispaniya texnologiyasi asosida 400.000 m² yuz xil turdagi temir-beton mahsulotlari ishlab chiqariladigan zavod foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, yiliga 150.000 m² tayyor gazobeton mahsulotlari ishlab chiqariladigan zavod yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi natijasida 250 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.

Zarafshon shahrida joylashgan g‘isht zavodi. 2008 yilda tashkil etilgan va bugungi kunda zavodda 160 nafar ishchi mehnat qiladi. Yillik quvvati 10 mln donani tashkil qiluvchi zavod olovga chidamli g‘ishtlari bilan ham bozorda o‘z o‘rniga ega. 2020 yil yakunidan mahsulotlar Qozog‘iston Respublikasiga eksport qilinmoqda.

Tuzni qayta ishlash zavodi. Zarafshon shahrida 2019 yilda o‘z faoliyatini boshlagan va yillik quvvati 42.000 tonnani tashkil qiluvchi mazkur zavodda bugungi kunda 35 nafar xodimlar faoliyat yuritib, yodlangan osh tuzi va sanoat korxonalari uchun texnik tuz yetkazib berilmoqda.

Bundan tashqari, kompaniya tarkibida mebel ishlab chiqarish, plastik eshik va romlar ishlab yasash, turli xil qurilish qorishmalari ishlab tayyorlash sexlari faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularda 30 kishidan ortiq xodimlar mehnat qilishadi.

“Koinot”dagi “nafas”

Turkiyaning Varnet Glasshouse Systems kompaniyasi bilan hamkorlikda Karmana tumani, Malik Rabot qo‘rg‘oni hududida Gollandiya va Turkiya texnologiyalari asosida gidroponika usuli bilan pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri yetishtirishga mo‘ljallangan zamonaviy issiqxona majmuasi barpo etilmoqda. Uning bir qismi hozirda ishga tushirilgan. Shishali issiqxonaning umumiy maydoni 6,52 gektar bo‘lib, shundan issiqxona 6,27 gektarga, xizmat ko‘rsatish inshootlari maydoni esa 0,25 gektarga teng.

Mazkur loyiha qiymati qariyb 7 mln 125 ming dollarni etadi. Loyihaga 5 mln 500 ming AQSh dollari miqdorida bank krediti ajratilgan. “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududdan ikkita yirik loyihani amalga oshirish uchun investetsiya majburiyatlarni bajarish shartlari bilan jami 5,5 gektar yer maydoni bino va inshootlari bilan “nol” qiymatda ajratib berildi. Jami qiymati qariyb 12 mln AQSh dollari miqdoridagi ikkita yirik innovatsion loyihani amalga oshirish maqsadida Xitoy, Rossiya, Italiya, Ispaniya va Turkiya davlatlaridan eng zamonaviy texnologiyalar olib kelinmoqda.

“Aqlli uy” yohud “ZARAFSHAN CITY”

Toshkent shahridagi “Zarafshan city” biznes majmuasi – o‘zgacha dizayn va zamonaviy qulayliklar...

Zarafshan City'ning umumiy maydoni 10600 kvadrat metrni, qurilishning umumiy maydoni esa 66.350 kvadrat metrni tashkil qiladi. Yashash uylari «A» va «V» bloklariga bo‘lingan. Ushbu bloklarda 264 xonadon quriladi. Xonadonlar Yevropa standarti bo‘yicha loyihalashtirilgan. Mehmonxona xonalari Standart, Double Suite, Lux, Delux Room va Premium darajalariga bo‘linishi nazarda tutilgan. Mehmonxonada restoranlar, fitnes klub, turkcha hammom, SPA-salon va basseyn bo‘ladi. Mehmonxona lobbisida esa taniqli brendlar butiklari bo‘lishi rejalashtirilgan. Bularning barchasidan faqatgina xorijiy mehmonlar emas, balki mahalliy aholi ham foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Shu bilan birga, biznes markazning 15-18 qavatlarida maydoni 74 kvadrat metrdan 1500 kvadrat metrgacha bo‘lgan ofis uchun joylar bo‘ladi. Bundan tashqari, Zarafshan City majmuasida 400 mashinani o‘ziga sig‘dira oladigan 7000 kvadrat metrli yer osti avtoturargohi joylashadi.

Loyihani ishlab chiqishda har bir detal va har bir yashash metriga e'tibor qaratilgan. Bu yerda hozirning o‘zida uy yoki ofis uchun joy sotib olishni istaganlar kelajak uchun yaxshi poydevorga ega bo‘lishadi. Chunki xarid qilingan har bir joyga istalgan o‘zgartirishni kiritish imkoni bor.

Eng asosiysi Zarafshan City majmuasi bu tajribali va yuqori malakali muhandislar boshchiligida qurilayotgan premium darajadagi uylardir.

Nafaqat biznes

Zarafshan Golden Group kompaniyasi biznes bilan birgalikda ijtimoiy sohaga ham katta e'tibor qaratib keladi. Xususan, 100 dan ortiq mahkumlar ish bilan ta'minlanib, qayta tarbiyalashga hissa qo‘shilmoqda. Shu bilan bir qatorda ular mehnat qilib qo‘shimcha daromad topishiga imkon yaratilgan.

Kompaniya klaster tizimida faoliyat yuritadi, turar-joy qurilishida xom-ashyodan tortib, qurilish materiallarigacha korxonaning o‘zida ishlab chiqariladi. Bu jarayonda ko‘plab fuqarolar ish bilan ta'minlanadi. Asosiy e'tibor «temir daftar» va «yoshlar daftari»ga qaratiladi. Ehtiyojmandlarni ish bilan ta'minlash kompaniya uchun muhim ahamiyatga ega.

Cho‘ldagi baxt

Zarafshan Golden Group tomonidan yana bir katta ijtimoiy loyiha rejalashtirilgan. Shahardan tashqarida kompaniyaga tegishli 100 gektarlik maydon bo‘lib, tuproq osti gil bilan qoplangani bois dehqonchilik yuritishga yaroqsiz hisoblanadi. Yaqin vaqtlar ichida bu yerda «temir daftar», «yoshlar daftari» va «ayollar daftari»dagi fuqarolar uchun uy-joy va issiqxona qurish rejalashtirilgan.

Qanday qilib deysizmi? «Zarafshan Golden group»dagilar buning yo‘lini topishgan. Har bir uy oldida 10 sotixli oynali issiqxona quriladi va gidroponika usulida pomidor, bodring va boshqa ekinlar yetishtirish xonadon egalariga o‘rgatiladi.

Reklama huquqi asosida

Top