19:55 / 02.03.2021
6098

Yevroittifoq Rossiyaning yuqori martabali amaldorlariga qarshi sanksiyalar kiritdi

Qayd etilishicha, sanksiya kiritilgan amaldorlarga YeI mamlakatlariga kirish hamda Yevroittifoq mamlakatlaridagi banklarda pul mablag‘larini saqlash taqiqlanadi.

Foto: RIA Novosti

Yevroittifoq Rossiya bosh prokurori Igor Krasnov, tergov qo‘mitasi boshlig‘i Aleksandr Bastrikin, jazoni ijro etish federal xizmati boshlig‘i Aleksandr Kalashnikov va Rosgvardiya qo‘mondoni Viktor Zolotovni qora ro‘yxatga kiritdi.

YeIning fikricha, ularning barchasi Aleksey Navalniyga nisbatan ayblov hukmi chiqarilishida javobgar hisoblanadi.

Qayd etilishicha, sanksiya kiritilgan amaldorlarga YeI mamlakatlariga kirish hamda Yevroittifoq mamlakatlaridagi banklarda pul mablag‘larini saqlash taqiqlanadi.

 Cheklov choralari ilk marta inson huquqlari buzilishi bo‘yicha sanksiyalar mexanizmi doirasida kiritildi. 

Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritish to‘g‘risidagi qaror Yevroittifoqning 27 mamlakati tashqi ishlar vazirlarining 22 fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida qabul qilingandi.

O‘shanda YeI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel vazirlar Navalniyga nisbatan hukm chiqarilishida aybdor shaxslarga qarshi sanksiyalar kiritish niyatida ekanligini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top