16:12 / 03.03.2021
3660
Amazon Hitlerning mo‘ylovini eslatgani uchun tanqid qilingan logotipini o‘zgartirdi

Dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri Amazon mobil ilovalarga o‘rnatilgan logotipini o‘zgartirdi. Bir oy avval internet do‘kon mobil ilovalar uchun yangi logotip o‘rnatgandi. O‘sha logoda kompaniyaning ramzi bo‘lgan yo‘nalishli chiziq ustida tishli qistirgich bilan tasvirlangandi.

Amazon mobil ilovalardagi logotipini o‘zgartirgach, ko‘pchilik yangi logoni nemis fyureri millatchi Adolf Hitlerning mo‘yloviga o‘xshatdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilik bu haqda yoza boshladi: kimdir hazil qilgan bo‘lsa, kimdir Amazon'ni ochiqchasiga tanqid qildi. Oqibatda Amazon mobil ilovalar uchun logotipini yana o‘zgartirdi.

Turgan gapki kompaniya logotipni o‘zgartirganiga sabab qilib Hitlerning mo‘ylovini keltirmadi. «Yangi logotip xaridorlarga yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi va smartfon orqali xaridlardan zavqlanishga undaydi», deb izoh berilgan The Verge tomonidan bu o‘zgarishga.

Top