17:09 / 03.03.2021
4203
BAA koronavirusga qarshi jamoaviy immunitetga erishgan dunyodagi birinchi mamlakat bo‘lishi mumkin

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, amirliklar aholisining 60 foizdan ortig‘i koronavirusga qarshi vaksinaning kamida bir dozasi bilan emlangan.

Foto: Kun.uz

Aholisining aksariyat qismi koronavirusga qarshi emlanganligi sababli tez orada Birlashgan Arab Amirliklari bu kasallikka qarshi jamoaviy immunitetga erishgan dunyodagi birinchi mamlakatga aylanishi mumkin.

"Hukumatning pandemiyaga qarshi kurashdagi sa'y-harakatlari natijasida BAA tez kunlarda butun aholisi emlangan birinchi mamlakatga aylanishi mumkin, bu bilan jamoaviy immunitetga erishadi", - dedi Bareen xalqaro shifoxonasining tez tibbiy yordam bo‘yicha mutaxassisi Fuad ar-Rahal.

Our World in Data nashrining yozishicha, BAA aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash sur'atlari bo‘yicha Isroildan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, amirliklar aholisining 60 foizdan ortig‘i koronavirusga qarshi vaksinaning kamida bir dozasi bilan emlangan.

Hozirda BAAda to‘rtta - Rossiyaning "Sputnik V", Xitoyning Sinopharm, AQSh va Germaniyaning Pfizer/ BioNTech hamda Angliya-Shvetsiyaning AstraZeneca vaksinalaridan foydalanishga ruxsat berilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top