12:00 / 03.03.2021
8581
Reklama

Mustahkam imoratlar uchun sifatli temir-beton mahsulotlari

O‘zbekistonda har qadamda katta bunyodkorlik loyihalariga ko‘zimiz tushadi. Kundan kunga yangi imoratlar, turar joy majmualari, savdo komplekslari soni ortib bormoqda. Har qanday binolarni qurishda vaqt ta'siri yoki tashqi muhit omillariga bardosh bera oladigan og‘ir konstruksiyalardan foydalanish talab etiladi. Temir-beton mahsulotlari ana shunday qurilishda muhim bo‘lgan konstruksiya turiga kiradi.

O‘zbekistonda «Geobeton» MChJ sifatli temir-beton mahsulotlarini ishlab chiqarish zavodi bo‘lib, 2 metrdan 12 metrgacha bo‘lgan turli o‘lchamdagi plita qoplamalarini ishlab chiqaradi.

«Geobeton» MChJ korxona texnik shartlari va «O‘ZOGIRSANOATLOYIHA» instituti chizmalariga muvofiq, uzunligi 11 metrgacha 0.4...10 kv.gacha yuqori voltli SV (SV 75-3; SV 95-3; SV 105-3.6; SV 110-3.5) turidagi elektr uzatish LEP ustunlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. SV ustunlarining kunlik ishlab chiqarilish hajmi 300 donani tashkil etadi.

Shuningdek, kompaniya O‘zDSt 2805:2013 texnik shartlari va «O‘ZOGIRSANOATLOYIHA» instituti tomonidan ishlab chiqilgan chizmalar asosida PB va 3PB turidagi plitalarni ham taklif etadi. Siz qurilish obektining o‘lchamlariga mos ravishda kengligi 1 metr, 1,2 metr, shuningdek, pastki qismi kengaytirilgan 1,1 metrlik plitalarga buyurtma berishingiz mumkin.

Plitalar ko‘tariluvchi ilgaklar bilan jihozlangan, bu esa ularning montaj jarayonini osonlashtiradi. Zavod buyurtmachining loyihasiga binoan 600 kgf / m², 800 kgf / m², 1000 kgf / m², 1200 kgf / m², 1500 kgf / m² va 2000 kgf / m² yuk ko‘taruvchi uzunligi 2 metrdan 12 metrgacha bo‘lgan plitalarni ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Zavodda o‘lchamiga qarab, kuniga 100-150 dona plita ishlab chiqariladi.

Geobeton mahsulotlari sertifikatlangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida belgilangan barcha normativ va seysmik talablarga javob beradi. Hozirda yurtimizda faoliyat olib boradigan ko‘plab qurilish sohasidagi kompaniyalar, sanoat korxonalari Geobeton kompaniyasi bilan uzoq yillik hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

Sinalgan, chidamli hamda ishonchli temir-beton mahsulotlarini xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, biz hamkorlik uchun tayyormiz.

Murojaat uchun telefon:

+998 99 399 92 29

+998 97 708 80 88

Sayt: www.geobeton.uz

Instagram: www.instagram.com/geo.beton

Feysbuk: www.facebook.com/geobtrust

Reklama huquqi asosida

Top