12:55 / 03.03.2021
29677

«Shapka» birdaniga yo‘qolib qoldi. Bu qanday ro‘y berdi? - UzAuto Motors rahbari masalani tushuntirdi 

2 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va ommaviy axborot vositalari vakillarini UzAuto Motors AJ va “O‘zavtosanoat” tizimidagi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil qilingan maxsus tadbir davomida o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlar UzAuto Motors mutasaddisiga turli savollar bilan yuzlanishdi.

“UzAuto Motors’da “shapka” degan narsa bo‘lardi. Shu hozir yo‘qoldi. “Shapka” nimaga yo‘q bo‘lib qoldi? Yo “shapka” oladigan birorta vallamatni ishdan bo‘shatgansizlar yoki qandaydir chora ko‘rgansizlar. Shuni tushuntirib bersangiz, qanday qilib “shapka” birdaniga yo‘qolib qoldi?” – deyildi savollardan birida.

UzAuto Motors kompaniyasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov bu savolga javoban ikkita asosiy omilni sanab o‘tdi. 

“Bizda defitsit bo‘lgan edi, shu defitsitni yo‘qotdik. Ishlab chiqarishni ko‘paytirdik. Bu yil ham o‘tgan yildan ko‘ra ko‘payishi rejada bor.  Ikkinchisi, shaffoflik. Bu nima? Kompyuterga o‘tkazdik. “O‘zavtosavdo” tizimi paydo bo‘ldi. Endi inson omili yo‘q. O‘zingiz kirib, telefondan mashina buyurtma qilsangiz bo‘ladi. Mana, bugundan savdoni ochyapmiz. “Damas”, “Kobalt”, “Neksiya”, “Lasetti”, “Spark” kabi mashinalar sotiladi. Asosiy omillar shu – defitsitni yo‘qotdik, shaffoflikni ta'minladik, dasturni kiritdik”, - deydi Rustam Rajabov.

Top