13:58 / 03.03.2021
2401
To‘rt yilda ijtimoiy sohaga 22 milliard dollar ajratilgan – Behzod Musayev

Kecha, 2 mart kuni Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Nodavlat-notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan «Ochiq muloqot: ijtimoiy soha – kecha, bugun, ertaga» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Kun.uz

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev 2020 yil ijtimoiy soha uchun mas'uliyatli yil bo‘lganini ta'kidlab, soha davlat budjetining asosiy qismi yo‘naltiriladigan tarmoq ekanligini aytdi.

Ma'lum qilinishicha, 2017-2020 yillarda ijtimoiy sohaga 188,8 trillion so‘m (22 milliard dollar atrofida) mablag‘ ajratilgan. Xalq ta'limi tizimining budjeti esa so‘nggi to‘rt yil ichida 3,3 baravarga oshirilgan.

Shuningdek, 2021 yilda 31ta yangi maktab qurish, 320ta maktabni ta'mirlash va moddiy-texnik bazasini yaxshilash uchun budjetdan 2 trillion so‘m ajratiladi.

Top