09:04 / 03.03.2021
4978
Uzbekistan Airways Navro‘z bayrami kunlari uchun aviachiptalarga chegirmalar e'lon qildi
Foto: KUN.UZ

 Uzbekistan Airways AJ 2021 yil 20-22 mart kunlari Navro‘z bayramini nishonlash munosabati bilan O‘zbekiston fuqarolari uchun respublikaning barcha ichki qatnovlariga chegirmalar e'lon qildi.

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, chegirmalar quyidagicha ko‘rinish olgan:

  • individual yo‘lovchilar uchun - 30 foiz;
  • sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), maktab o‘quvchilari, kollej, litsey, oliy o‘quv yurtlari talabalari, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa idoralar tizimidagi maxsus o‘quv yurtlari talabalari va tinglovchilari uchun - 40 foiz;
  • oila (2 va undan ortiq kishi, ya'ni: er va xotin, er va xotin, ularning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari bo‘lgan ota yoki 18 yoshgacha farzandlari bo‘lgan ona) uchun - 50 foiz;
  • nafaqaxo‘rlar uchun - 50 foiz;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun - 50 foiz;
  • 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun - 50 foiz;
  • 1941-1945 yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun - 50 foiz;
  • Chernobil AESidagi falokat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganlar uchun - 50 foiz.
Top