18:58 / 03.03.2021
1736
Yangiariq tumanida 317 tonna ko‘mir talon-toroj qilingani aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch tuman bo‘limi xodimlari tomonidan Yangiariq tumanidagi omborda ko‘mir mahsulotining talon-toroj qilingani fosh etildi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Tergovga qadar tekshiruvda, «Ko‘mir ta'minot» MChJ ga qarashli ko‘mir ombori mudiri A.Sh. umumiy bahosi 95,2 mln so‘mlik 317 tonna ko‘mir mahsulotlari kamomadiga yo‘l qo‘yib, o‘zganing ko‘p miqdordagi mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan ombor mudiri A.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top