11:20 / 03.03.2021
5718

Yanvar-fevral oylarida 4 mingga yaqin o‘zbekistonlik ishlash uchun xorijga jo‘nab ketdi

O‘zbekistondan yanvar–fevral oylarida 4000ga yaqin fuqaro ishlash uchun xorijga jo‘nab ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Qayd etilishicha, agentlik Rossiya, Qozog‘iston, Janubiy Koreya va BAA ish beruvchilari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida O‘zbekiston fuqarolarini ushbu davlatlarga ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Ushbu davlatlar ish beruvchilari va mas'ul tashkilotlar bilan kelishgan holda ko‘plab fuqarolar vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilayotgani aytiladi.

Ta'kidlanishicha, joriy yilning yanvar-fevral oylarida Rossiyaga 3209 nafar, Qozog‘istonga 488 nafar, Birlashgan Arab Amirliklariga 3 nafar, Koreya Respublikasida ishlash vaqtida mehnat ta'tili olib O‘zbekistonga kelgan fuqarolardan 101 nafari vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda yuborildi.

O‘zbekiston fuqarolari belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda turli obektlarda ish boshlashi ma'lum qilindi.

Top