19:53 / 04.03.2021
2765

2020 yilda O‘zbekistonda qayd etilgan jinoyatlarning chorak qismini yoshlar sodir etgan

4 mart kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklar oldini olishga oid 2020 yilgi axboroti dastlabki tarzda muhokama qilindi.

Foto: Senat axborot xizmati

Vazir o‘rinbosari Aziz Ikromovning aytishicha, 2020 yil davomida umumiy jinoyatlarning 92,6 foizi fosh etilgan.

Shuningdek, qidiruvdagi 2 446 kishi ushlangan. 436 nafar bedarak yo‘qolgan fuqaro topilgan.

Ichki ishlar organlarining bevosita tashabbusi bilan 20 994 ta jinoyat aniqlangani ma'lum qilindi.

Foto: Senat axborot xizmati

Majlisda qayd etilishicha, ayrim raqamlar ichki ishlar organlari faoliyatida muayyan kamchiliklar borligini ko‘rsatyapti.

Jumladan, 2020 yilda respublika miqyosida 62 081 ta jinoyat qayd etilgan bo‘lib, bu har 100 ming aholiga nisbatan o‘rtacha 182,4 tadan to‘g‘ri keladi.

Foto: Senat axborot xizmati

Og‘ir turmush sharoitida yashayotgan ayollarning muammolari to‘liq hal etilmasdan kelinayotgani oqibatida 2020 yilda 5 774 nafar xotin-qiz tomonidan 5 520 ta jinoyat sodir etilgan.

2020 yilda respublikada qayd etilgan har to‘rtinchi jinoyat (14 378 ta yoki 23,2%) yoshlar tomonidan sodir etilgan. Shundan 4 052 nafari – ish bilan band bo‘lmagan yoshlardir.

Top