21:26 / 04.03.2021
13264

Chilonzorda mahalla ahli noroziligini uyg‘otayotgan xususiy bog‘cha qurilishi boshlandi

2 mart kuni Kun.uz «Toshkentda yana bir tadbirkor «dom»lar orasiga xususiy bog‘cha qurmoqchi. Mahalladagilar bunga qarshi» sarlavhali maqola e'lon qilgan edi.

Unda, tadbirkor Chilonzor tumanining 9-mavzesida joylashgan 17-, 19-20-uylar oralig‘ida xususiy bog‘cha qurishni rejalayotgani, ammo mahalla ahli bu qurilishdan norozi bo‘layotgani haqida so‘z boradi.

Tadbirkor va mahalla ahli o‘rtasidagi bu qarama-qarshilik 3 yildan buyon davom etib kelyapti.

Shu yerda yashovchilarning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, «dom»lar oralig‘ida xususiy bog‘cha qurilish ishlari boshlab yuborilgan va hudud o‘rab olingan.

Ma'lumot uchun, «Karera Obrazovaniya» MChJ vakili Akmal Xo‘jayev xususiy maktabgacha ta'lim muassasasini  qurish jarayonida birorta daraxtga zarar yetkazilmasligini aytgandi.

«Qatortol» MFY raisi Parda Ergashev esa qurilish ishlari olib borilishidan oldin fuqarolar roziligi olinishi kerakligini ta'kidlagandi. Shuningdek, rais hududdagi barcha daraxtlar ro‘yxatga olinganini ham qo‘shimcha qilgan.

Toshkent shahar va Chilonzor tuman hokimligi hozircha holatga izoh bermadi. Kun.uz'ning tuman hokimligi vakillari bilan telefon orqali bog‘lanishga urinishi samara bermadi.

Mavzuga oid
Top