11:25 / 04.03.2021
26939

IIV tizimida 5ta yangi tayinlov amalga oshirildi

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri, Shirin shahri, Farg‘ona viloyati Quvasoy shahri, Xorazm viloyati Urganch tumani va Xiva shahri IIBda yangi boshliqlar ish boshladi.

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. 

Zahiriddin Sadriddinovich Sobirov

IIV Kadrlar bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, mayor Zahiriddin Sadriddinovich Sobirov Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Zahiriddin Sobirov 2019 yil oktyabridan buyon Sirdaryo viloyati Shirin shahar IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. U Yangiyerda 2017 yil yozidan buyon ishlab kelgan Obidov Ulug‘bek Obid o‘g‘lining o‘rnida ish boshladi.

Akmal Ne'matovich Xolmatov

Zahiriddin Sobirov o‘rniga Shirin shahar IIBning yangi boshlig‘i etib podpolkovnik Akmal Ne'matovich Xolmatov tayinlandi.

Tayinlovga qadar A. Xolmatov Sirdaryo viloyati IIB bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Iqboljon Abdubannobovich Hamroqulov

Podpolkovnik Iqboljon Abdubannobovich Hamroqulov Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar I. Hamroqulov Farg‘ona viloyati IIB bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Quvasoy shahar IIBga 2020 yil aprelidan buyon rahbarlik qilib kelgan podpolkovnik Elyorbek G‘aniyev 2021 yil yanvarida Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining birinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili – mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.

G‘ulom Masharifovich Sharipov

Podpolkovnik G‘ulom Masharifovich Sharipov Xorazm viloyati Urganch tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar G‘. Sharipov Xorazm viloyati Xiva shahar IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Urganch tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida 2020 yil martidan buyon podpolkovnik Navro‘z Xudoybergenov ishlab kelayotgandi.

Botir Narimboyevich Otajonov

O‘z navbatida, G‘ulom Sharipov o‘rniga podpolkovnik Botir Narimboyevich Otajonov Xiva shahar IIB boshlig‘i lavozimini egallagan.

Tayinlovga qadar B. Otajonov Xorazm viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari-kasbiy tayyorgarlikni tashkillashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

  • 3 mart kuni Andijon va Navoiy viloyatlarida IIBga yangi boshliqlar tayinlangandi.
Mavzuga oid
Top