21:05 / 04.03.2021
1715
MDHda inson huquqlari bo‘yicha komissiya tuzish rejalashtirilmoqda

Qayd etilishicha, Komissiyaning faoliyat boshlashi inson huquqlari yo‘nalishi bo‘yicha integratsion hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi, MDH nufuzining mustahkamlanishi, huquqni himoya qilish mavzusini siyosiylashtirishga urinishlarga qarshi turishga xizmat qiladi.

Foto: TASS, Valeriy Sharifulin

MDHda inson huquqlari bo‘yicha komissiya tuzish rejalashtirilmoqda. Bu haqda MDH ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

"Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a'zo davlatlar MDH inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilishini dolzarb deb hisoblaydi. 4 mart kuni Minskda komissiya tuzish bo‘yicha ekspert guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ushbu mavzu bo‘yicha batafsil fikr almashildi", - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, video-konferens-aloqa shaklida bo‘lib o‘tgan muhokamalarda Armaniston,  Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston va MDH ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etgan.

"Komissiyaning faoliyat boshlashi inson huquqlari yo‘nalishi bo‘yicha integratsion hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi, MDH nufuzining mustahkamlanishi, huquqni himoya qilish mavzusini siyosiylashtirishga urinishlarga qarshi turishga xizmat qiladi", - deyiladi xabarda.

 Ma'lumot berilishicha, yig‘ilish qatnashchilari komissiya faoliyatining tashkiliy va moliyaviy masalalarini ko‘rib chiqish zarurligini qayd etishgan.

Top