13:03 / 04.03.2021
3286
Samarqand shahridan mahalliy yo‘nalishlarda yangi qatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda

«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi 28 martdan boshlab Samarqand shahridan mahalliy yo‘nalishlarda bir nechta yangi qatnovlar yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda aviakompaniyaning rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Qayd etilishicha, mamlakatda ichki turizmni yanada rivojlantirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida joriy yilning 28 mart kunidan boshlab «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi Samaqand shahridan Farg‘ona, Namangan va Urganch shaharlariga parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi.

  • Samarqand – Farg‘ona – uchish 15:55, qo‘nish 16:55
  • Farg‘ona – Samarqand – uchish 17:45, qo‘nish 18:50
  • Samarqand – Urganch – uchish 11:50, qo‘nish 13:05
  • Urganch – Samarqand – uchish 13:55, qo‘nish 15:05
  • Samarqand – Namangan – uchish 08:05, qo‘nish 09:05
  • Namangan  – Samarqand – uchish 09:55, qo‘nish 11:00.

Ta'kidlanishicha, mazkur yo‘nalishlarda parvozlar har kuni amalga oshiriladi. Aviakompaniyaga tegishli aviakassalarda Samarqand-Farg‘ona va Samarqand-Namangan yo‘nalishlarida biletlar joy o‘rniga va parvoz muddatiga qarab 190 ming so‘mdan 1 million 34 ming so‘mgacha, Samarqand-Urganch yo‘nalishida esa 190 ming so‘mdan 1 million 690 ming so‘mgacha sotilishini ma'lum qildi.

Top