15:32 / 04.03.2021
10884
Toj Mahaldan mingga yaqin turist evakuatsiya qilindi

Evakuatsiya noma'lum shaxs qo‘ng‘iroq qilib ushbu tarixiy obida ichida bomba borligi to‘g‘risida xabar berganidan so‘ng amalga oshirilgan.

Foto: PTI Photo

Portlash xavfi sababli Toj Mahaldan mingga yaqin turist evakuatsiya qilindi, deb xabar berdi One India.

Evakuatsiya noma'lum shaxs qo‘ng‘iroq qilib ushbu tarixiy obida ichida bomba borligi to‘g‘risida xabar berganidan so‘ng amalga oshirilgan.

Hindiston qurolli kuchlari va Agra politsiyasi turistlarni zudlik bilan Toj Mahaldan olib chiqib ketgan va bombani qidirishga kirishgan. Ammo bomba topilmagan.

Politsiyaning ma'lum qilishicha, xabar yolg‘on bo‘lib, qo‘ng‘iroq Uttar-Pradesh shtatidagi Feruzobod shahridan amalga oshirilgan. 

Toj Mahal yarim yil yopiq turganidan so‘ng o‘tgan yilning 21 sentyabrida ochilgandi.

Top