14:35 / 05.03.2021
19153
Dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma'lum qilindi

Bugun O‘zbekiston bo‘ylab ochiq, lekin nisbatan sovuq kun bo‘ladi. Havo harorati 10-15 darajadan yuqoriga ko‘tarilmaydi va me'yoriy qiymatlarga teng bo‘ladi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, ertaga janubi-g‘arbiy hududlardan bulutli oqimlar chiqa boshlaydi va Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarining ba'zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechga yaqin biroz yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 0-5 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliqni tashkil etadi.

7 mart kuni kechasi va ertalabki soatlarda ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoliy hududlardan sovuq havo massalari kirib kelishi oqibatida, havo harorati pasayib, kechasi 0-5 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliqni tashkil etadi.

8 mart kuni Respublika bo‘yicha kam bulutli, yog‘ingarchiliksiz havo kuzatiladi, kunduzgi soatlarda havo harorati 14-17 daraja iliqni tashkil etib, biroz me'yordan yuqori bo‘ladi.

Top