07:10 / 06.03.2021
41511
O‘zbekistonda ikki marta zilzila sodir bo‘ldi

6 martga o‘tar kechasi yarim tunda va 6 mart kuni tongida O‘zbekiston hududida ikki marta 4 ballik yer silkinishi qayd etildi.

Dastlab, Toshkent vaqti bilan soat 2:52da sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonning to‘rt hududida 2 balldan 4 ballgacha magnitudada qayd etilgan.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila episentri Toshkent shahridan 48 kilometr janubiy-sharqiy yo‘nalishdagi masofada joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 4,4 ballga teng bo‘lgan.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

  • Toshkent: 48 km, 4 ball;
  • Namangan: 183 km, 2 ball;
  • Guliston: 75 km, 3 ball;
  • Jizzax: 164 km, 2 ball.

Shuningdek, Toshkent vaqti bilan soat 6:04da O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yana bir yer silkinishi qayd etilib, uning kuchi vodiy viloyatlarida sezilgan.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila episentri Toshkent shahridan 252 kilometr janubiy-sharqiy yo‘nalishdagi masofada joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 13 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 4 ballga teng bo‘lgan.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

  • Namangan: 86 km, 2 ball;
  • Andijon: 72 km, 2 ball;
  • Farg‘ona: 18 km, 4 ball.

Yer yuzida 4 mart kuni 150ga yaqin zilzila sodir bo‘ldi. AQShning Geologiya xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, turli xil magnitudadagi zilzilalar Ispaniya, Xitoy, Yaponiya, Gretsiya, G‘arbiy Turkiya, Islandiya, Nikaragua, Yangi Zelandiya va boshqa davlatlar hududida ro‘yxatga olingan. Zilzilaning eng kuchlilari (7,3 dan 8,1 magnitudagacha) Yangi Zelandiya qirg‘oqlari yaqinida qayd etildi. 

Top