09:00 / 06.03.2021
1821
Seoul Mun: biznes va dam olish uchun katta imkoniyatlar olamiga sho‘ng‘ing

Poytaxt markazida 40 000 kvadrat metr maydonda Seoul Mun zamonaviy savdo-ko‘ngilochar markazi joylashgan.

Seoul Mun – bu yangi formatdagi savdo-ko‘ngilochar markazi bo‘lib, poytaxt markazida Bo‘rijar kanalining ikki tomonida bunyod etilmoqda. Keng miqyosdagi maskan 40 000 kvadrat metrni tashkil etib, tashrif buyuruvchi va biznes egalari uchun qulay va foydali ko‘rinishda loyihalangan.

Seoul Mun me'moriy loyihasi an'anaviy Koreya me'morligi hamda suv, zamin va shamol unsurlaridan ilhomlangan holda yaratilgan. Savdo va dam olish markazining asosiy ustunligi uning o‘ziga xos xususiyatlari: suv bo‘yida, ochiq muhitda joylashganligi va puxta o‘ylangan infratuzilmasidadir.

Sohil bo‘yida sayr yo‘lagi bo‘ylab 270 dan ortiq do‘konlar qulay shaklda joylashtirilgan. Seoul Mun'ning qulay maskanda joylashgani bois unga shaharning turli burchaklaridan tezda yetib kelish oson. Soy bo‘yidagi markaz yangi uchrashuvlar va muvaffaqiyatli biznes rivojlanadigan maskan bo‘lib, poytaxtning yangi diqqatga sazovor joyiga aylanadi.

Xalqaro ekspertlar Seoul Mun 22 000 kvadrat metr maydonga ega tijorat ko‘chmas mulkini foydali sarmoya sifatida baholashmoqda. Panorama oynali, chiroyli manzaraga ega, shahar markazida suv bo‘yida joylashgan maskanda tijorat binolari yuz minglab mehmonlarni jalb qiladi.

Bu yerda tashrif buyuruvchilar uchun jahon brendlari do‘konlari, sevimli va ko‘ngilochar maskanlar, sayr yo‘laklari mavjud. Biznes egalari uchun esa 15 dan 1000 kvadrat metr maydongacha joy variantlari taklif etiladi. Markazda ulkan avtoturargoh mavjud. Bu yerda avtomobilingizni qoldirib xaridlar uchun do‘konlarni aylanishingiz mumkin. Yuk ortish-tushirish uchun alohida hudud qulay va hech qanday qiyinchiliklarsiz tovarlarni olib kirish va jo‘natishga imkon beradi. Seoul Mun poytaxtda biznes va dam olish uchun chegarasiz imkoniyatlarni taqdim etadi.

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Yagona ma'lumot markazi: +99871 202 22 22

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shohko‘chasi tomon yo‘l

Sayt: seoulmun.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Top