18:40 / 07.03.2021
8019
Aston Martin elektromobillar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Akkumulyatorli sportkarlar Geydondagi Aston Martin zavodida ishlab chiqariladi, Seynt Atandagi korxonada esa elektr SUV - «shahar yo‘ltanlamaslari» yig‘iladi.

Foto: Financial Times

Britaniyaning Aston Martin kompaniyasi 2025 yildan elektromobillar ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda Aston Martin Lagonda ijrochi raisi, miliarder Lourens Stroll Financial Times nashriga bergan intervyusida aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, akkumulyatorli sportkarlar Geydondagi (Angliya) Aston Martin zavodida ishlab chiqariladi, Seynt Atandagi (Uels) korxonada esa elektr SUV — «shahar yo‘ltanlamaslari» yig‘iladi.

Shu bilan birga, kompaniya gibrid va elektr dvigatelli mashinalar qatorini kengaytiradi. 

 «Biz raqiblarimizdan bir qadam oldindamiz va bu Mercedes bilan hamkorlik tufaylidir», — deydi Stroll.

Kompaniyaning 20 foizi Mercedes’ga tegishli.

Buyuk Britaniya 2030 yilga borib benzinli va dizelli dvigatelga ega avtomobillar sotuvini butkul taqiqlashni rejalashtirmoqda. 

Top