20:00 / 07.03.2021
5665
“Ayollarimiz zakovatli bo‘lsa, taraqqiyot cho‘qqisiga erishamiz” – Artel bayram munosabati bilan shaxmat turniri tashkil etdi

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Artel kompaniyasi go‘zal opa-singillarimizga o‘ziga xos tuxfa taqdim etdi. Bayram munosabati bilan Artel va Sky Chess shaxmat maktabi hamkorligida “Nilufar” shaxmat turniri o‘tkazildi. Unga O‘zbekistonda ayollar o‘rtasida birinchi xalqaro grossmeyster Nafisa Mo‘minova va uning singlisi grossmeyster Hulkar Mo‘minovalar hakamlik qilishdi.

Poytaxtning “Autograph” san'at galereyasida tantanali tadbir o‘tkazildi. Uning doirasida o‘tkazilgan shaxmat turnirida Toshkentdagi 21, 22, 23-sonli Mehribonlik uylarining 15 nafar tarbiyalanuvchi qizlari qatnashishdi. Shuningdek, Artel kompaniyasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida berilgan e'lon orqali ro‘yxatdan o‘tgan 35 nafar xotin-qizlar ham turnirda ishtirok etishdi. Ushbu turnirda qatnashish mutlaqo bepul asosda tashkil etildi. Ishtirok etish badallari Artel kompaniyasi tomonidan qoplab berildi.

“Nilufar” shaxmat turniri davlatimiz raxbariyatining shaxmatni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish va uni ommaviy sport turiga aylantirish, professional shaxmatchilar va xalqaro grossmeysterlarni tayyerlash borasidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan holda, iqtidorli, intellektual ayollarimiz, opa-singillarimiz xamda qizlarimizni qo‘llab-quvvatlash maksadida o‘tkazildi.

Tantanali ochilish marosimida Artel kompaniyasi rahbariyati, turnir qatnashchilari, ota-onalar va OAV vakillari ishtirok etishdi. Turnir homiysi, Artel korxonalar guruhi boshqaruv raisi Qobil Toshmuhammedov tantanali marosimni ochib berish uchun nutq so‘zladi.

“Muhtaram opa-singillar, haqiqiy iqtidor egalari! Barchangizni yana bir bora go‘zallik va latofat bayrami “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan chin yurakdan samimiy muborakbod etaman. Bayram munosabati bilan Artel kompaniyasi va Sky Chess tashkiloti hamkorligida o‘tkazilayotgan “Nilufar” xotin-qizlar shaxmat turniriga xush kelibsiz, deymiz. Bugun haqiqiy aql gimnastikasiga guvoh bo‘lamiz, degan umiddamiz. Ushbu turnir iqtidorli ayollarimiz va opa-singillarimizning shaxmat sport turi bilan shug‘ullanishini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

Bu hamkorlik doimiy davom etadi, degan umiddamiz. Fursatdan foydalanib, zamonamiz qahramonlari, grossmeyster opa-singillar Nafisa va Hulkar Mo‘minovalarni O‘zbekiston shaxmat sportininig rivojlanishiga qo‘shgan hissalarini alohida sharaf bilan e'tirof etmoqchiman. Sizlarning ortingizdan yana yangi iqtidorlar kashf qilinib, rivojlanishiga tilakdoshman. Ayollarimiz zakovatli bo‘lsa, taraqqiyot cho‘qqisiga erishamiz. Bunga biz, Artel jamoasining ham oz bo‘lsa-da, hissasi qo‘shilayotganidan mamnunmiz”.

Turnir hakami, grossmeyster Nafisa Mo‘minova ham so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilarini bayram bilan samimiy qutladi.

“Qadrli opa-singillarimiz! Sizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimdan qutlayman. Bahor gullaridek ochilib, chiroyli bo‘lib yuring. Bu yil “Nilufar” shaxmat turniri 4-marta o‘tkazilyapti. Artel kompaniyasi bu yilgi turnirni biz bilan hamkorlikda o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Ular xotin-qizlarning shaxmat sport turi bilan shug‘ullanishini yanada qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishdi. Ushbu tashabbus uchun minnatdorchilik bildiramiz. O‘ylaymanki, hamkorligimiz yana davom etadi. Xotin-qizlarimizning aqlli va zukko bo‘lishlarini biz ham juda xohlaymiz”, dedi Nafisa Mo‘minova.

Turnir 3 bosqichda tashkil etildi. Unda jami 50 nafar xotin-qizlar qatnashdi. A guruhdan: 

1. Ibragimova Iroda;

2. Baxodirjonova Xadichabonu;

3. Turdimuradova Dilnaz.

B guruhdan:

1. Shafinazoda Umurzoqova;

2. Shaxzoda Baxtiyorova;

3. Dildora Alimova g‘olib bo‘lishdi hamda Artel kompaniyasining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Reklama huquqi asosida

Top