08:48 / 07.03.2021
9903

Dunyodagi eng chiroyli dush - suvni tejovchi ORA Shower tizimi

Vladimir Polikarpov tomonidan ishlab chiqilgan ORA Shower dush tizimi Yevropadagi «Hammomlar uchun mebel va santexnika» ko‘rgazmasining eng oliy Platinum A’Design Award mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Juda chiroyli va foydalanishga qulay

Vaqtdan o‘zib ketadigan konstruktorlik g‘oyalari bor. Undan tashqari, bozordagi tovarlar orasida o‘zining o‘rnini darrov topa olmaydigan dizaynerlik ishlanmalari ham bor. Biroq iqtidorli mualliflar bizni qachondir xonadonlarda paydo bo‘lib qoladigan betakror mahsulotlari bilan xushnud etishda davom etishadi.

Dunyodagi eng yaxshi dush – Vladimir Polikrapov tomonidan ishlangan suvni tejovchi ORA Shower tizimi. Ajoyib va g‘aroyib akril dush kabinasi nafaqat estetik jihatdan chiroyli ko‘rinadi, balki suvni tejaydi ham. ORA Shower suvni qayta ishlatish texnologiyasiga asoslangan. U suvni yutadi va chiqarib beradi, keyin suvni hojatxona, kir yuvish mashinasi va sug‘orish tizimlariga qayta taqsimlab uzatadi.

Albatta, avvalo, bu juda ham go‘zal, yorqin va jozibador dush kabinasi. Po‘lat va akril, qora va oltin rang, raqamli boshqaruv paneli, chiroyli tagchiroq, ustidan suv oqib tushuvchi maftunkor barg – bularning bari hayratli ko‘rinadi.

Nazariy jihatdan, parni yig‘ishtirib olish va uy sharoitida suvdan qayta foydalanish hammomda suv sarfini 50-70 foizga qisqartirishi mumkin. Lekin, aftidan, dush kabinasida bu eng asosiysi emas.

Bu ishlanma «Hammomlar uchun mebel va santexnika» ko‘rgazmasining eng oliy Platinum A’Design Award mukofotiga sazovor bo‘ldi. Chiroy va texnologiya tayyor mahsulotlar bozoridagi aniq narxlar bilan aloqasi yo‘qligi aniq – yangilikning qiymati aniqmas. 

Mavzuga oid
Top