21:20 / 07.03.2021
6336
NASA yaqin o‘n yil ichida Oyga birinchi ayol kishini yuborishni rejalashtirmoqda

Ma'lum qilinishicha, «Artemida» dasturi doirasida rejalashtirilayotgan missiyaga to‘qqiz nafar erkak va to‘qqiz nafar ayol kiritiladi.

Foto: NASA

AQSh Aeronavtika va kosmik makonni tadqiq etish milliy boshqarmasi (NASA) yaqin o‘n yil ichida Oyga birinchi ayolni uchirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda CBS News xabar berdi.

NASA kosmik parvozlar rahbari Charli Blekvell-Tompsonning so‘zlariga ko‘ra, «Artemida» dasturi doirasida rejalashtirilayotgan missiyaga to‘qqiz nafar erkak va to‘qqiz nafar ayol kiritiladi.

Shu bilan birga, CBS News’ning qayd etishicha, mablag‘lar ortiqcha sarflanishi sababli «Artemida» dasturini amalga oshirish kechikmoqda.

NASA avvalroq Oyning Quyosh yoritib turadigan tomonida suv borligini isbotlaydigan dalillar topilganligi haqida xabar qilgandi. Ammo tadqiqotchilar uning miqdori juda ozligini qayd etishgan. 

Top