15:22 / 07.03.2021
4208
Rossiya Belarus bilan hamkorlikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishini e'lon qildi

Rossiya va Belarus mart oyida ikkita taktik mashg‘ulot o‘tkazadi.

Foto: RIA Novosti

Rossiya mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, joriy yildagi birinchi Rossiya-Belarus taktik mashg‘ulotlari 9-20 mart kunlari Ulyanovsk oblastidagi "Polivno" poligonida bo‘lib o‘tadi.

Mashg‘ulotlarga Rossiya tomonidan 400 nafardan ortiq harbiy va 100 birlikka yaqin jangovar texnika, Belarus tomonidan esa 80 nafardan ortiq harbiylar jalb etiladi. Bundan tashqari, 2ta Mi-24 jangovar vertolyoti va 6ta Mi-8AMTSh transport-jangovar vertolyoti ham qatnashadi.

Parallel ravishda, 15-27 mart kunlari Minsk oblastidagi "Osipovichskiy" poligonida yana bir Belarus-Rossiya taktik mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Rossiya va Belarus desantchilari hamkorlikda mashqlar o‘tkazadi.

Rossiya tomonidan 90 nafarga yaqin desantchi, Belarus tomonidan esa 400 nafardan ortiq harbiy va 100 birlikka yaqin jangovar hamda maxsus texnika jalb etiladi.

Top