12:27 / 07.03.2021
8217

Sirdaryo viloyati moliya bosh boshqarmasi ma'muriy binosida yong‘in yuz berdi

Guliston shahrida joylashgan Sirdaryo viloyati moliya bosh boshqarmasi ma'muriy binosida yong‘in yuz berdi.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, yong‘in 7 mart kuni soat 00:30 da «Shodlik» MFYda joylashgan Sirdaryo viloyati moliya bosh boshqarmasi kotib (qabulxona) xonasida sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida xonaning, taxminan, 35 kvadrat metr maydonida shift qismi va xona jihozlari zararlangan. Voqea joyiga Guliston shahar FVBning 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 00:35 da yetib borib, yong‘in soat 00:55 da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘indan binoning, taxminan, 400 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Top