17:15 / 07.03.2021
4668
Xitoy 69 mamlakatga koronavirusga qarshi vaksinani bepul yetkazib berayotganini ma'lum qildi

Van Ining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy 10dan ortiq mamlakat bilan birgalikda vaksina ishlab chiqish va ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik qilmoqda.

Foto: Getty Images

Xitoy hukumati 69ta rivojlanayotgan mamlakatga koronavirusga qarshi vaksinani bepul yetkazib bermoqda. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I ma'lum qildi.

«COVAX tashabbusi doirasida birinchi navbatda rivojlanayotgan mamlakatlarga 10 mln doza vaksina yetkazib berishga va'da berganmiz. Xitoy beg‘araz asosda 69ta rivojlanayotgan mamlakatga vaksina yetkazib bermoqda»,— dedi Van I.

Uning qo‘shimcha qilishicha, 43 mamlakatga vaksina sotilmoqda.

Shuningdek, vazirning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy 10dan ortiq mamlakat bilan birgalikda vaksina ishlab chiqish va ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik qilmoqda.

Xitoyda Sinopharm, Sinovac va CanSino vaksinalari ma'qullangan. Mamlakatda yigirmaga yaqin vaksina sinovdan o‘tkazilmoqda.

Top