14:55 / 07.03.2021
5947
Xitoy tashqi ishlar vaziri Rossiya bilan birgalikda «siyosiy virus»ga qarshi kurashishini ma'lum qildi

Van I AQShning boshqa mamlakatlar ishlariga aralashishi dunyoda ko‘plab muammolar keltirib chiqarayotganini aytdi.

Foto: mid.ru

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I dunyoda koronavirus pandemiyasi fonida «siyosiy virus» ham tarqalayotgani hamda Xitoy va Rossiya unga qarshi birgalikda kurashishini aytdi.

«Xitoy va Rossiya pandemiya fonidan siyosiy virus tarqalishiga qarshi kuchlarini birlashtirdi va unga qarshi yelkama-yelka turib kurashadi. Biz haqiqatni soxtalashtirishga qaratilgan har qanday urinishga qarshi birgalikda kurashamiz, o‘z suverenitetimiz va siyosiy barqarorlikni himoya qilamiz»,— dedi Van I.

 Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Pekin va Moskva rangli inqiloblarga qarshi.

Van I AQShning boshqa mamlakatlar ishlariga aralashishi dunyoda ko‘plab muammolar keltirib chiqarayotganini aytdi.

«AQSh uzoq vaqtdan buyon demokratiya va inson huquqlarini himoya qilish bahonasida boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga surbetlik bilan aralashib kelmoqda. Bu esa dunyoda ko‘plab muammolarni paydo qilyapti, ayrim holatlarda esa turbulentlik va nizolarga olib kelmoqda»,— dedi u.

Avvalroq Vashington Xitoyni xalqaro tizimdagi yagona raqib deb hisoblashini, Rossiyaning esa «buzg‘unchilik» qilayotganini bildirgandi.

Top