16:34 / 07.03.2021
16008
Yangi «Qizil dengiz» – aeroport qurilishi boshlanib ketdi

Saudiya Arabistonida Qizil dengiz sohilida xalqaro aeroport qurilishi boshlandi. Loyiha muallifi Britaniyaning Foster + Partners shirkati.

Foto: TheRedSea

Jahon sayyohlik sohasi majburiy tanaffusda ekanida ba'zi davlatlar yangi kurortlar qurishga shoshilmoqda. Ular ommaviy aviareyslar ochilgach dam oluvchilarni jalb qilishni mo‘ljallashgan.

Saudiya Arabistoni 2018 yildayoq The Red Sea loyihasini ishga tushirgan va ishga 4000dan ortiq mutaxassis jalb etilgan, 24 kompaniya bilan 2 milliard dollar qiymatidagi 500 shartnoma imzolangan.

«Qizil dengiz» loyihasi zamonaviy aeroporti tufayli butun dunyodan keladigan sayyohlar uchun ochiq bo‘ladi. Ekspertlarning baholashicha, kurortdan uch soatlik parvoz masofasida 250 million potensial sayyoh bor. Bir yilda 360 kunlik quyoshli kun yil bo‘yi dam olish imkonini beradi.

2021 yil Britaniyaning yetakchi Foster + Partners kompaniyasi loyihasi asosida xalqaro aeroport qurilishi boshlandi. Saudiyaning g‘arbiy sohillarida Red Sea loyihasi doirasida qumli landshaft jilolari va naqshlaridan ilhomlangan yangi aeroport barpo etiladi.

Saudiya Arabistoni «birinchilik palmasi»ni Misrdan tortib olishni va sayyohlarga Qizil dengizda dam olish uchun yangi joy taklif qilishni ko‘zlamoqda. Foster + Partners qurayotgan aeroport faqat va faqat sayyohlar va hordiq chiqaruvchilarga mo‘ljallangan. Qurilish ishlari jadal ketmoqda va kelasi yil yangi transport inshooti ilk sayyohlarni qabul qilishga tayyor bo‘ladi.

«Qizil dengiz» loyihasining strategik rejalariga ko‘ra, aeroportning o‘tkazuvchanlik salohiyati 2022 yilga borib yiliga qariyb 8 million kishini tashkil etadi.

Yangi aeroport yorqin, chiroyli, g‘ayrioddiy va ultrazamonaviy bo‘ladi. Uning qiyofasi atrofdagi cho‘l bilan garmoniyada bo‘lishi kutilmoqda. Transport inshooti tevaragida uchib ketish hududlari, restoranlar va spa-markazlardan iborat besh kapsula joylashadi. Kapsulalar orasida esa, orasi yashil hududlardan iborat uchib kelish maydonlari bo‘ladi.

Aeroport modul tamoyilida barpo etilmoqda. Sayyohlar oqimi kam bo‘lgan davrda kapsulalarning ayrimlari konservalanishi mumkin, mavsum davomida esa, terminallar to‘liq imkoniyatda ishlaydi.

Bosh terminalning yonlarida joylashgan ikki qanotda aeroportning qo‘shimcha servislari joy oladi. Bunday konfiguratsiya, loyiha mualliflarining aytishicha, alohida turadigan binolarga nisbatan umumiy maydon va energoxarajatlarni qisqartirish imkonini beradi.

«Qizil dengiz xalqaro aeroporti dunyoning o‘ziga xos kurortlaridan biriga darvoza va sayyohlar taassurotlarining bir qismi bo‘ladi. Gullar va cho‘l landshaftining jilolaridan ilhomlangan dizayn terminal orqali osuda va hashamatli sayohatni tashkil etishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan», deydi Foster + Partners studiyasi rahbari Jyerrard Evenden.

Top