16:43 / 08.03.2021
4632
Serbiya prezidentining so‘zlashuvlari yashirincha tinglangani davlat to‘ntarishiga urinish deb baholandi

Serbiya ichki ishlar vaziri Aleksandr Vulinning so‘zlariga ko‘ra, prezident va uning oila a'zolari so‘zlashuvlari 1572 marta yashirincha tinglangan. 

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich / Foto: RIA Novosti

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning so‘zlashuvlari yashirincha tinglanganligi davlat to‘ntarishiga urinish hisoblanadi, dedi mamlakat bosh vaziri Ana Brnabich.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ishga hukmron partiya yetakchilari va IIVdagi yuqori lavozimda ishlaydigan amaldorlar aloqador.

"Ular xavfsizlik xizmati, birinchi navbatda IIVdagi hamda o‘zim mansub bo‘lgan Serbiya progressiv partiyasidagilar to‘dasi deb o‘ylayman. Bu to‘da jinoiy tashkilotlar, mafiya va Serbiyadagi OAV hamda sudlov tizimining bir qismini qamrab olgan", - dedi Brnabich.

Serbiya ichki ishlar vaziri Aleksandr Vulinning ma'lumot berishicha, prezident va uning oila a'zolari so‘zlashuvlari 1572 marta yashirincha tinglanganligini ma'lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ish bo‘yicha to‘plangan dalillar prokuraturaga topshirilgan.

 

Top