10:47 / 09.03.2021
13462
Beeline Uzbekistan’ga yangi rahbar tayinlandi

Artashes Davtyan Beeline Uzbekistan’ning yangi boshqaruvchisi etib tayinlandi. Bungacha u Yandex.Lavka rahbari bo‘lgan.

Artashes Davtyan 2021 yil 15 martdan Beeline Uzbekistan bosh direktori sifatida ish boshlaydi. Bu haqda VEON kompaniyalar guruhi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Artashes Davtyan Beeline Uzbekistan bosh direktorligiga tayinlanishdan oldin Gillette, PepsiCo, Mars va Yandex.Lavka kabi xalqaro kompaniyalarda ishlagan.

Ma'lumot uchun, Artashes Davtyan kompaniya boshqaruviga kelgan oxirgi 3 yildagi uchinchi bosh direktor hisoblanadi. 2015 yilning sentyabridan kompaniyaga rahbarlik qilgan Dmitriy Shukov 2020 yilning 1 martida lavozimni tark etgandi. Uning o‘rniga kelgan Sergey Afonin keyingi ish faoliyatini VEON kompaniyalari guruhidan tashqarida davom ettirishini ma'lum qilgan.

Top