21:42 / 09.03.2021
5963

Xitoy hukumati va Alibaba asoschisi o‘rtasidagi kurash mamlakat iqtisodiyotiga zarba berishi mumkin

Investorlar va biznes ahli shaffoflikning yo‘qligi va o‘zgacha fikrlash keskin bosimga uchrashidan xavotirda.

Foto: Bloomberg

Xitoy  hukumatining Alibaba asoschisi Jyek Ma bilan kurashi mamlakat iqtisodiyotiga zarba berishi mumkin, deb yozmoqda Bloomberg.

Qayd etilishicha, startaplardan biri rahbari Alibaba darajasidagi biznesga ega bo‘lishni xohlamayotgani, hukumat e'tiboriga tushishdan cho‘chiyotganini aytgan.

Yana bir biznesmen esa omma oldida chiqishlar qilishdan voz kechgan va robototexnika bilan bog‘liq ishini Xitoydan tashqarida rivojlantirmoqchiligini bildirgan.

Agentlikning yozishicha, investorlar va biznes ahli shaffoflikning yo‘qligi va o‘zgacha fikrlash keskin bosimga uchrashidan xavotirda.

"Jyek Ma bilan yuz bergan voqea hech kim xavfsizlikda emasligini ko‘rsatdi", - deya tadbirkorlardan birining so‘zlaridan iqtibos keltiradi agentlik.

Jyek Ma o‘tgan yil oktyabrda xalqaro moliyaviy regulyatorlar qoidalari eskirganini aytib, Xitoy banklarini tanqid qilganidan so‘ng nazorat paketi Maga tegishli bo‘lgan Ant Group IPO’si qoldirildi.

Dekabrda Xitoy regulyatorlari Ant Group’ni shaffof raqobat prinsiplarini va iste'molchilar huquqlarini buzishda aybladi. 24 dekabrda esa Alibaba ustidan tekshiruv boshlangani ma'lum qilindi.

Oxirgi marta oktyabrda omma oldida ko‘ringan Jyek Ma uch oydan so‘ng – yanvar o‘rtalarida ko‘rinish berdi.

Top