13:13 / 10.03.2021
6561
Azim Nazarov suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi 

Suv xo‘jaligi vazirligida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Azim Nazarov suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.  

Azim Nazarov 1997 yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini, 2000 yili Amerika Qo‘shma Shtatlarining Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universitetini tugatgan. 

Ma'lum qilinishicha, u shu kunga qadar innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyi boshida prezident qaroriga asosan, suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ro‘ziboyev lavozimidan ozod etildi

Suv xo‘jaligi vazirligi 2018 yil fevral oyida tashkil etilgan, o‘sha yil may oyida Bahodir Qo‘chqorovich vazirning birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Top