21:16 / 10.03.2021
12499

«Barselona» va «Leypsig» kambek ilinjida. YeChL 1/8 final javob o‘yinlari oldidan

 Chempionlar ligasi nimchorakfinal javob uchrashuvlari dastlabki kunida «Yuventus» va «Sevilya» alamli tarzda turnirni tark etgan bo‘lsa, bugun chorshanba oqshomida yana bir superklub - «Barselona» va «Leypsig» ham eng nufuzli musobaqa bilan xayrlashishi mumkin. Messi Ronaldu ortidan ligani tark etishni istamasa, Parijda mo‘jiza ko‘rsatishi talab etiladi. Budapeshtda esa «Leypsig» «Liverpul»ning omadsizliklaridan foydalanishga intiladi.

 «Leypsig» «Liverpul» omadsizligidan foydalana oladimi?

«Liverpul» uchun «Leypsig» bilan o‘yin «Enfild Road»dan Budapeshtga ko‘chirilgani ehtimol mersisaydlar foydasiga ishlar. Har holda Yurgen Klopp shogirdlari o‘z maydonlarida ketma-ket 6 o‘yinda mag‘lubiyatga uchrab, antirekordni yangilashdi. Shu bois, «Liverpul» o‘yini UYeFA tomonidan boshqa stadionga ko‘chirilganidan nolimasa kerak.

 Vengriya poytaxtidagi dastlabki uchrashuvda Muhammad Saloh va Sadio Manening gollari inglizlarga nemis klubi ustidan g‘alaba keltirgandi. Shunga qaramay, «Leypsig» ustozi Yulian Nagelsman jamoasi ikkita gol farqini yo‘qota olishiga ishonmoqda.

 «O‘yin 0:0 hisobda boshlanadi. Uchrashuvda hisobni birinchi bo‘lib ochish juda muhim. O‘shanda vaziyatni o‘zgartira olishimizga ishonch ortadi. O‘tgan o‘yinda raqibga qarshi tengma-teng o‘ynay olishimizni ko‘rsatgandik, ammo ular xatolarimizdan foydalanishgandi. Bu safar xato qilishga haqimiz yo‘q» - deydi Nagelsmann o‘yin oldidan.

YeChL. 1/8 final. Javob uchrashuvi

10 mart (chorshanba)

«Liverpul» - «RB Leypsig»

Budapesht, «Ferens Pushkash» stadioni

O‘yin boshlanish vaqti: 01:00

TV-translatsiya: FutbolTV

Taxminiy tarkiblar:

«Liverpul»: Alisson; Aleksander-Arnold, Fabino, Fillips, Roberson; Jons, Veynaldum, Tyago Alkantara; Jota, Saloh, Mane

O‘ynamaydi: Henderson (jarohat), Matip (jarohat), Gomes (jarohat), van Deyk (jarohat)

So‘roq ostida: Qoboq (jarohat), Firmino (jarohat)

«RB Leypsig»: Gulachi; Adams, Myukile, Upamekano, Klostermann; Zabitser, Kampl; Aydara, Nkunku, Olmo; Poulsen

O‘ynamaydi: Laymer (jarohat), Soboslai (jarohat), Anxelino (jarohat)

So‘roq ostida: Orban (jarohat).

 Messi ham Chempionlar ligasi bilan xayrlashadimi?

«Leypsig» hali vaziyatni o‘zgartirish ilinjida bo‘lsa, «Barselona» «PSJ»ga qarshi bu safar ham mo‘jiza yuz berishiga umid qilib to‘p suradi. Bu safar ham Messi va uning jamoadoshlari 4ta gol farqida g‘alaba qozonishlari kerak bo‘ladi. «Kamp Nou»dagi 1:4 hisobida mag‘lubiyatdan keyin bunga ishonish juda qiyin ekanligini barcha tushunib turibdi. Raqiblar safida Neymar maydonga tushmasa-da, o‘tgan o‘yinda het-trik muallifiga aylangan Mbappe shay holatda.

«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman o‘yin oldi matbuot anjumanida «PSJ»ga qarshi 2016/17 yilgi mavsumdagi kambekni eslab, shogirdlarini ruhlantirishga urindi. Ammo o‘shanda Kataloniya klubi «PSJ»ni Kataloniyada 6:2 hisobida mag‘lub etgandi, Parijda esa 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchragan. Chempionlar ligasi Ronaldudan keyin bu oqshom Messi bilan ham xayrlashish arafasida turibdi.

YeChL. 1/8 final. Javob uchrashuvi

10 mart (chorshanba)

«Pari Sen-Jyermen» - «Barselona»

Parij, «Park de Prens» stadioni.

O‘yin boshlanish vaqti: 01:00

TV-translatsiya: UzReportTV

Taxminiy tarkiblar:

«PSJ»: Navas; Florensi, Markinos, Kimpembe, Kyurzava; Guey, Paredes; Di Mariya, Verratti, Mbappe; Ikardi

O‘ynamaydi: Neymar (jarohat), Bernat (jarohat), Ken (jarohat)

So‘roq ostida: Florensi (jarohat), Kerer (jarohat), Riko (jarohat).

«Barselona»: ter Stegen; Mingesa, Langle, Umtiti; Dest, de Yong, Buskets, Pedri, Alba; Messi, Dembele

O‘ynamaydi: Koutino (jarohat), Serxi Roberto (jarohat), Fati (jarohat), Pike (jarohat).

So‘roq ostida: Arauxo (jarohat).

Mavzuga oid
Top