08:10 / 10.03.2021
6245
Bir kunda deyarli 500 nafar o‘zbekistonlik ishlash uchun Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Bir kunda deyarli 500 nafar o‘zbekistonlik ishlash uchun Qozog‘istonga jo‘nab ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.

Foto: Migratsiya agentligi

Qayd etilishicha, Migratsiya agentligi va Qozog‘iston ish beruvchilari o‘rtasida olib borilgan muzokaralar natijasida fuqarolarni ushbu davlatga ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Kelishuvga muvofiq, 7 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 490 nafar fuqaro «Dovud ota» chegara posti orqali yirik qurilish obektlarida belgilangan epidemiologik talablarga rioya qilgan holda, ishlash uchun Qozog‘istonning Aqtau shahriga tashkillashtirilgan holda jo‘nab ketdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali xodimlari tomonidan tegishli tushuntirishlar berilib, bepul sug‘urta polisi va xizmat ko‘rsatish shartnomasi rasmiylashtirilgan. Mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tarqatma materiallar berilgan.

Avvalroq, Qozog‘iston bilan mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlangandi.

Top