14:28 / 10.03.2021
5305
Chinozdagi neft bazasida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. «O‘zbekneftgaz» yong‘in qamishzorda ro‘y berganini ma'lum qildi

Bugun, 10 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi “Paxta Neftbazasi”da yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.

Kun.uz muxbiri vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati bilan bog‘landi. Tashkilot matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, yong‘in “Paxta Neftbazasi” hududidan ancha uzoqda, qamishzorda sodir bo‘lgan. Videolavhada tasvirlangan yong‘inning bazaga hech qanday aloqasi yo‘q.  

“Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yong‘in haqidagi videolavha kecha, 9 mart kuni "Paxta Neftbazasi" hududidan ancha uzoqlikdagi qamishzorda ro‘y bergan. Yong‘in natijasida osmonga qora tutun ko‘tarilgan, buning bizga aloqasi yo‘q. Aslida, voqea kecha sodir bo‘lgan”, dedi “Paxta Neftbazasi” rahbari Eldor Berdiqulov.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 26 noyabr kuni Chinoz tumanidagi «Paxta Neftbazasi»da 5 ming tonna sig‘imli yoqilg‘i sisternasida yong‘in chiqqan, olovni o‘chirish uchun 14ta o‘t o‘chirish va qutqaruv brigadasi jalb etilgandi.

Top