17:28 / 10.03.2021
10853
Ilon Maskning boyligi bir kunda 25 milliard dollarga ko‘paydi

Mask dunyoning eng boy odami – boyligi 180 milliard dollar bo‘lgan Amazon asoschisi Jyeff Bezosga deyarli yetib oldi.

Foto: Joe Skipper / Reuters

Tesla asoschisi Ilon Maskning boyligi miqdori 9 mart kuni 25 milliard dollarga ko‘paydi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Mask dunyoning eng boy odami – boyligi 180 milliard dollar bo‘lgan Amazon asoschisi Jyeff Bezosga deyarli yetib oldi. Mask Bezosdan olti milliard dollarga ortda qolmoqda.

Maskning boyligi Tesla aksiyalari narxi oshishi hisobiga ko‘paydi.  

9 mart kungi savdolarda kompaniya aksiyalari narxi 19,64 foizga qimmatladi. Kompaniya kapitalizatsiyasi 106,2 milliard dollarga o‘sib, 646,6 milliard dollarga yetdi.

Top