22:09 / 10.03.2021
22918
Rustamjon Hamidov O‘zbekistonda «Yil imomi» deb topildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi internet foydalanuvchilari bergan ovozlar asosida «Yil imomi» va «Eng obod masjid» yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblarni e'lon qildi.

Foto: muslim.uz

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekistonning eng yaxshi imomi deya Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi «Oqqo‘rg‘on» jome masjidi imom-xatibi Rustamjon Hamidov e'tirof etildi.

«Oqqo‘rg‘on» jome masjidi imom-xatibi Rustamjon Hamidov (o‘ngda)
Foto: muslim.uz

«Yil imomi» yo‘nalishida 2-o‘rin Toshkent shahar Olmazor tumanidagi «Imom Termiziy» jome masjidi imom-xatibi Ishoqjon Begmatov, 3-o‘rin Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi «Qo‘chqor ota» jome masjidi imom-xatibi Muhammadjon Soliyevga nasib etdi.

«Imom Termiziy» jome masjidi imom-xatibi Ishoqjon Begmatov (o‘ngda)
Foto: muslim.uz
«Qo‘chqor ota» jome masjidi imom-xatibi Muhammadjon Soliyev (o‘ngda)
Foto: muslim.uz

Nukus shahridagi «Imom Eshon Muhammad» jome masjidi «Eng obod masjid» deb topildi. Bu yo‘nalishda 2-o‘rinni Xorazm viloyati Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidi, 3-o‘rinni Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «Ramazon qori» jome masjidi qo‘lga kiritdi.

Taqdirlash marosimi 10 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida bo‘lib o‘tdi. Unda idora raisi o‘rinbosari Ibrohimjon Inomov, idora mas'ul xodimlari, imom domlalar va mehmonlar qatnashdi.

G‘oliblarga sertifikat, pul mukofotlari va sovg‘alar taqdim etildi.

Foto: muslim.uz
Top