21:18 / 10.03.2021
30819
Sankt-Peterburgda ishlaydigan o‘zbekistonlik aholini qiynab kelgan muammoni bartaraf etib qahramonga aylandi

Sankt-Peterburg shahrining Kalinin rayonida farrosh bo‘lib ishlaydigan samarqandlik Sohib Sayriyev o‘z tashabbusi bilan mahalliy aholini uzoq vaqtdan beri qiynab kelayotgan kommunal muammoni bartaraf etdi.

Foto: fontanka.ru

Mahalliy telekanalning xabar berishicha, rayondagi ko‘p qavatli uylardan birining hovlisida suv quvuri yorilib ketishi oqibatida ulkan ko‘lmak hosil bo‘lib, bolalar bog‘chasiga olib boradigan yo‘lni to‘sib qo‘ygan. Ushbu ko‘lmakka hamma har kuni duch kelsa-da, na uylarda yashovchilar, na kommunal xizmat mutasaddilari bu muammoga e'tibor qaratgan.

Shundan so‘ng Sohib Sayriyev muammoni o‘zi bartaraf etishga qaror qilgan. U quvur yorilgan joyni qazdirib, yorilgan quvurni yangisi bilan almashtirgan.

Xabarda aytilishicha, Sohib Sayriyev o‘n yildan ortiq vaqtdan buyon Sankt-Peterburgda oilasi bilan yashab, mehnat qilib keladi.

U mahalliy hokimiyatning tashakkurnomasi va pul mukofoti bilan taqdirlandi. Muammosi bir necha soat ichida yechim topganidan xursand bo‘lgan aholi esa uni qahramon deb atadi.

Top