14:00 / 10.03.2021
6192

Texnika universitetining Termiz filialiga direktor tayinlandi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali direktori tayinlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, vazirning tegishli buyrug‘i bilan O‘rol Ahmedov Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali direktori lavozimida ish boshladi.

Xabarda keltirilishicha, O‘rol Ahmedov 1978 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 2000 yilda Termiz davlat universiteti va 2002 yilda O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Kimyo fanlari nomzodi, dotsent.

U shu kunga qadar Termiz davlat universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelgan.

Mavzuga oid
Top