10:45 / 10.03.2021
6497

Toshkent davlat stomatologiya institutiga dunyoning yetakchi universitetlarining 25 nafar professor-o‘qituvchilari ishga qabul qilindi

O‘zbekistonda ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash, xalqaro aloqalarni yaxshilashga jiddiy e'tibor berilyapti.

2020 yilning 30 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakatimiz ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish maqsadida, ta'limdagi hozirgi muammolarni hal qiladigan, yaqin yillarda samarali natijasini ko‘rsatadigan va keyingi taraqqiyot darajasini belgilab berishda dunyodagi yetakchi ta'lim muassasalarining ilg‘or tajribasidan foydalanish tavsiya etildi.

Toshkent davlat stomatologiya institutining dunyoning yetakchi universitetlari bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, bugungi kunga qadar bir nechta loyihalar bo‘yicha ish olib borilmoqda. 

2020-2021 o‘quv yili bahorgi semestridan boshlab, Toshkent davlat stomatologiya instituti jamoasiga 25 nafar xorijiy pedagoglar ishga qabul qilindi. 

Hamkor universitetlar orasida dunyodagi QS xalqaro reytingga kiruvchi Italiyaning Milan universiteti, Finlandiyaning JAMK universiteti, Rossiyaning RUDN universiteti va boshqalar bor.

Mazkur pedagoglar «Stomatologiya» va «Davolash ishi» yo‘nalishidagi fanlardan ma'ruza va amaliy fanlarni o‘qitishga jalb qilindilar.

 Toshkent davlat stomatologiya instituti matbuot xizmati

Top