08:32 / 11.03.2021
8978
Andijonda qizning sochini qirqib, telefonini olib qochgan shaxs qo‘lga tushdi

2021 yilning 21 fevral kuni soat 03:00larda 19 yoshli Amirbek G‘. Andijon viloyati Xonobod shahri “Bunyodkor” MFY hududida tanishi, 21 yoshli Sayyora Q.ga nisbatan hayoti uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, Amirbek G‘. Sayyora Q.ning sochini qaychi bilan qirqib, narxi 1 350 000 so‘mlik “Samsung A 10S”  rusumli uyali telefon apparatini qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Amirbek G‘.dan uyali telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Xonobod shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Amirbek G‘.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Top