08:37 / 11.03.2021
2796
Bo‘stonliqni kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining «2021-2022 yillarda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Norma’ning yozishicha, dasturni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

  • xizmatlar sohasi, xususan, turizm infratuzilmasini rivojlantirish va barcha mavsumda faoliyatini ta'minlash, yangi ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish orqali sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish;
  • tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholi, xususan, xotin-qizlar, yoshlar va kam ta'minlangan fuqarolar bandligini ta'minlash orqali ularning daromadi va turmush darajasini oshirish;
  • aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va boshqalar.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2021-2022 yillarda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining moliyalashtirish manbalari;
  • Bo‘stonliq tumanida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalari manzilli ro‘yxati;
  • yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obektlari, ekologik muhitni yaxshilash, obodonlashtirish, aloqa tarmoqlari qurish, irrigatsiya va melioratsiya tizimini yaxshilash tadbirlari;
  • ijtimoiy soha obektlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta'mirlash tadbirlari;
  • Bo‘stonliq tumanida turizm axborot markazlari tashkil etish uchun yer maydonlari ro‘yxati;
  • ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi.
Top