08:08 / 11.03.2021
4006

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda 

Bugun kunduz kuni respublikada yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 12-17 daraja iliqni tashkil etadi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, poytaxtda havo bulutli, ba'zida ochiq bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo 12-14 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 2-7 daraja iliqdan ko‘tarilmaydi.

Top