19:53 / 11.03.2021
10497
Kolumbiyalik boshlovchi ustiga jonli efirda katta ekran tushib ketdi (video)

Kolumbiyada ESPN sport telekanali jonli efirida boshlovchi Karlos Ordus ustiga uning ortida turgan katta ekran tushib ketdi. Natijada boshlovchi boshi bilan stolga qattiq urilgan, biroq unga jiddiy jarohat yetmagan.   

Efirni olib borayotgan boshqa bir boshlovchi ushbu kutilmagan vaziyatdan keyin reklama e'lon qilib yuborgan. Shifokorlar boshlovchi zarba oqibatida lat yegani va tishlaridan biri singanini qayd qilishgan.    

Keyinroq boshlovchi o‘zini yaxshi his qilayotganini ma'lum qilgan. 

“Kechagi voqeadan keyin menga yozganlarga aytishim mumkinki, Tangriga shukr, yaxshiman. Tibbiy ko‘rikdan keyin yuzimda mo‘mataloqlar borligi va burnim shishgani (biroq sinmagan) qayd qilindi. Barcha qayg‘urganlarga rahmat”, deb yozgan Ordus tvitterda. 

Top